Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
25.04.1997 (1)

24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari 
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibi 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega bo‘lgan 
maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar 
hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
51-moddasi
, mazkur Kodeksning 
120

121

137 
va 
138-moddalari

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga ko‘pi bilan ikki kishidan 
joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga ko‘ra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik 
kameralarda saqlanishlari mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va 
yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o‘taydilar.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki o‘n yilini qattiq saqlash 
sharoitlarida o‘taydilar.
Jazoning kamida o‘n yilini o‘tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo 
olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi 
saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
Jazoning kamida o‘n besh yilini o‘tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo 
olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan 
yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga o‘tkazilishlari mumkin.
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash shartlari 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni 
normasi to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida o‘tayotgan 
mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan belgilangan mehnatga haq 
to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha bo‘lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va 
eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon 
orqali so‘zlashuv, bitta posilka yoki yo‘qlov, bitta banderol olish huquqiga ega.
(137-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida o‘tayotgan 
mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan qonunchilikda belgilangan 
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-
ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir 
marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali so‘zlashuv, ikkita posilka yoki yo‘qlov, 
ikkita banderol olish huquqiga ega.
(137-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida 
o‘tayotgan mahkumlar o‘z shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan belgilangan 


mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-
ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki 
marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali so‘zlashuv, uchta posilka yoki yo‘qlov, 
uchta banderol olish huquqiga ega.
(137-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qat’i nazar, har 
kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin