151-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega.
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir
marta to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashg‘ulotlardan
bo‘sh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch
sutkagacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan
binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida o‘tkaziladi.
Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashg‘ulotlardan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 34- bandi . Mahkumning iltimosiga ko‘ra uchrashuv telefon orqali so‘zlashuv bilan almashtirilishi
mumkin.
Uchrashuvlar va telefon orqali so‘zlashuvlar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari olishi hamda yuborishi Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yo‘qlov va cheklanmagan
miqdorda banderollar olish huquqiga ega.
O‘z nomiga kelgan posilka, yo‘qlov va banderollarni mahkumlarning o‘zi intizomiy qism
vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib
qo‘yiladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 30 va 31-bandlari , “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning IX bobi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazilib, bu haqda
ularga xabar qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi to‘g‘risida”gi nizomning 32- bandi . Mahkumlar posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini cheklanmagan miqdorda
yuborishlari mumkin.
Posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini olish hamda yuborish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.