jihatidan sezilarli farq qilmaydigan tillarga xosdir. Masalan,
o'zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-qisqaligi jihatidan (
mas
., arab
tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg‘u ham turg'un
(asosan so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun
ham sillabik she’r tizimi o'zbek tili xususiyatlariga ko'proq
muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda
(mas.,
folklor)
va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan
izohlanadi. Sillabik she’r sistemasi polyak, serb va xorvat
she’riyatlarida ham yetakchi o‘rin tutadi. Shu o‘rinda she’r
tizimi tilning tabiatiga mos bolishi zarurligining yorqin bir
misolini ta’kidlab o‘tish foydadan xoli emas. Rus she’riyati-
da polyak she’riyati ta’sirida qariyb XVIII asr oxirlarigacha
sillabik she’r tizimi qo‘llangan. Ko‘proq urg'usi turg'un tillar
tabiatiga mos keluvchi bu tizim urg‘u o‘rni muqim bo‘lma-
gan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus
she’riyatida uzoq yashay olmadi.
Tonik she’riyatda misralardagi urg'ular miqdori olchov
asosi qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘g‘inlar
miqdori farqlanaverishi mumkin, urg'ular miqdori esa teng
bolishi lozim. Bilasizki, so'zlar turli miqdordagi bo‘g‘inlar-
dan tarkib topadi, ularning ayrimlari esa (masalan, yordam-
chi so'zlar) urg‘u olmaydi. Demak, tonik she’r misralarining
uzunligi bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi ji
hatidan nasriy nutqqa o'xshab ketishi mumkin. Biroq bir
urg‘u atrofida birlashayotgan bo‘g‘inlar guruhini talaffuz
qilishga ketadigan vaqt taqriban teng, shu sababli ham
ma’lum darajadagi izoxroniya (tengvaqtlilik) saqlanadiki,
bu olchovlilik hissini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, tonik
she’rning ko‘rinishlari sifatida qaraluvchi
Dostları ilə paylaş: