gani holda, stopa tartibiga amal qilinmaydi, ya’ni har ik-
kisida ham sillabo-tonik she’r bilan
aloqa hali butkul uzilib
ketgan emas. Akserttli she’r esa tom ma’nodagi tonik she’r
bo'lib, unda urg'ular soni teng bo'lgani holda, bo‘g‘inlar
sonida erkinlik kuzatiladi.
Aslida, sillabo-tonik she’r tizimini tonik va sillabik
she’rning to‘liq sintezi deyish mumkin, Negaki, unda mis-
ralardagi bo'g'inlar sonining ham, urg'ular sonining ham
teng bo'lishi nazarda tutiladi. Bu she’r tizimi rus she’ri-
yatida XVIII asr o'rtalaridan
qaror topa boshlagan va ho-
zirgi vaqtda ham salmoqli o‘rin tutadi. Sillabo-tonik she’r
tizimida, nomlanishidan ham ko‘rinib turibdiki, bo‘g‘inlar
va urg'ular soni birdek ahamiyatli, unda she’r misralarida
urg'uli va urg'usiz bo‘g‘inlarning muayyan tartibda (besh-
ta asosiy turoq - stopa shaklida: - v, v - , — v, v — , - v
- ) takrorlanib kelishi olchov asosi sanaladi. Ayni shun-
day sintez turkiy aruz uchun ham xosdir. Negaki, turkiy
aruzda ham qisqa va cho'ziq
hijolar muayyan tartibda
takrqrlanadigina emas, misralardagi bo‘g‘inlar soni ham
aksariyat hollarda tengdir.
Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da bergan ma’lumot-
ga ko‘ra, «aruz» atamasi uning asoschisi Xalil ibn Ahmad
yashagan joydagi vodiy nomi bilan bog'liq ekan. Boshqa
aruzshunoslar, xususan, Vahid Tabriziy esa «aruz» arab ti-
lida chodirni tutib turish uchun o‘rtaga qo'yiladigan
yog‘och
(ustun
)ni anglatadi va
aruz
atamasi shu so'zdan
olingan
deb hisoblaydi. Ular bu fikrning qo‘shimcha asosi sifatida
yana baytdagi birinchi misraning oxirgi taqtesi ham «aruz»
deb atalishi, baytning ham (xuddi chodir «aruz»ga tayan-
ganidek) shu ruknga tayanishi, ya’ni shu rukn o'qilganda
she’rning qaysi vaznda ekanligi aniq boMishini keltiradilar.
Bu fikrlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligidan qat’i nazar,
biz «aruz»ning istilohiy ma’nosi bilan ish ko'ramiz, ya’ni
«aruz» deganda sharq she’riyatida
keng tarqalgan metrik
she’r tizimini tushunamiz.
333
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mutaxassislar aruz she’r tizimi arab adabiyoíida Vill
asrdan maydonga keigani va iX asrdanoq forsiy tilda-
gi adabiyotda ham qo‘!lana boshlaganini qayd qiladi-
lar. Turkiy adabiyotda ham aruzning qo‘llana boshlashi
taxminan shu vaqtga to‘g‘ri keladi degan fikr mavjud.
Fitrat bu haqda to‘xta!ib: «Bizning 0 ‘rta Osiyo turklari
tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas.
Biroq hijriy
462 da Qashqarda yoziigan mashhur «Qutadg'u bilik»
kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda
eskidan qabul etilgani ma’lum bo'ladur»1, - deb yozadi.
Hartugul, turkiy aruzda yaratilgan ilk asar deb hozircha
«Qutadg'u bilik» tan olinar ekan, aruzning turkiy adabi
yotda qaror topishi taxminan X - XI asrlarga to‘g‘ri kela
di deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo‘lak sifatida ayrim muta
xassislar (arab va fors aruzshunosligi an’analariga mu-
vofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xu-
susiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko‘rsatishad¡. Ya’ni eng
kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yo-
zuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning olingani
qulayroq. Shunday bo‘lsa-da, aruzdagi tarkiblanishni yax-
shiroq tasavvur qilish uchun harf eng
kichik birlik sifatida
olingan holatdagi tarkibianishga qisqacha to‘xtalib o'tish
maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo‘lak
- harf, harf esa ikki turli boladi: mutaharrik (cho‘zg‘ili) va
sokin (cho‘zg‘isiz). Cho‘zg‘i deganda unli tovush tushuni-
lishi e’tiborda tutilsa, «mutaharrik harf», «sokin harf» ata-
malarining ma’nosi anglashiladi. Masalan, «ko'z» so‘zi ikki
harf: bir mutaharrik («ko‘») va bir sokindan («z») tarkib
topadi. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda
qo'shilishidan juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nis-
batan kattaroq ritmik bo'lak sanalib, ular har biri o‘z ichida
1 0 n T p a T
A. Afla6néT
Dostları ilə paylaş: