hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo'lishi va
buning aksicha holatlar kuzatilaverishi mumkin ekan. Biroq
odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga
mos tarzda kattarib borishi ham aslo inkor qilib bo'lmay-
digan haqiqatdir.
Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajra-
tishda ularning boshqa jihatlariga ham e’tibor qilish zarur
bo‘ladi. Jumladan, asarda qo'yilgan
muammolar ko'lami
janr xususiyatlarini belgilovchi unsur
sifatida olinishi mum-
kin. Bu jihatdan katta epik shakl bo'lmish roman dunyo-yu
davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo'lsa, qissa markazida
qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea
turadi. Ko'ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga man-
sub asar qahramonlari asarda tutgan mavqeyi,
ahamiyati,
vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahra
mon vosita -
dunyoni anglash
(bunisi maqsad) vositasi,
qissanavis uchun
qahramonnlng
o‘zi - maqsad (voqea-
hodisalar vosita), hikoyanavis uchun esa vogeaning o'zi
maqsad bo‘lib qoladi. Shunga mos ravishda mazkur janr-
lar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqla
nadi. Tabiiyki, dunyo-yu davr mohiyatini idrok etish va o‘zi
anglagan haqiqatlarni yaxlit bir badiiy konsepsiyada tizimli
ifodalash uchun voqelik butun murakkabligi bilan ko‘lamli
tasvirlanmog'i kerak, shu bois ham roman, odatda, ko‘p
planli murakkab syujetga ega bo‘ladi. Qissa syujeti bunga
qaraganda soddaroq, asosan bosh qahramon tevaragida
uyushadi, asosiy funksiyasi ham
uni har jihatdan tavsif-
lash, to'laqonli badiiy qiyofasini yaratishdan iborat boladi.
Hikoya syujeti bo‘lsa aksar hollarda bitta hayotiy epizod-
ning ichki rivoji sifatida voqelanadi.
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan (ya’ni sinxroni-
ya aspektida) qaralsa, epik turning asosiy janrlari sifatida
hikoya, qissa va roman ko‘rsatilishi kerak. Biroq diaxroniya
aspektida qaralsa, milliy adabiy bisotda xalq og‘zaki
ijodi
yoki o‘tmish adabiyotida faol bolgan qator epik janrlarni
373
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'rish mumkin. Shu bilan birga, ayrim janrlar borki, garchi
eposning asosiy janrlari sirasida sanamasak-da, ular bu-
gungi adabiyotda ham ancha faol qo'llanadi. Bundan tash-
qari, ijod amaliyotida epik janrlarning
modifikatsiyalangan
ko'rinishlari ham uchraydi. Xullas, adabiyot nazariyasiga
oid manbalarning aksariyatida epik janrlar sirasida qayd
etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko'lami jihatidan
quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin:
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, er-
tak, adabiy ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;
2) o'rta epik shakllar: qissa (povest);
3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Avvalo, mazkur ro‘yxatdan mavjud (tarixan va hozirda)
janrlarning ayrimlarigina o'rin oldi, xolos. Zero, masalan,
qadimgi turkiy bitiklar, mumtoz adabiyotimizdagi
Dostları ilə paylaş: