ijod amaliyoti uning shakliy
va mazmuniy xususiyatlariga
muttasil o'zgarishlar kiritib boradi. Shuni nazarda tutgan
holda M.M.Baxtin: «Janr adabiyot taraqqiyotining har bir
yangi bosqichi va shu janrga
mansub har bir asarda qay-
tadan tug'iladi, yangilanadi»1, - deb yozadi. Biroq olim-
ning bu fikridan janr mutlaqo beqaror hodisa degan xulosa
kelib chiqmasligi kerak. Zéro, har ne ko'lamli o'zgarishiar
sodir bo'lganida ham, asosda janrga xos o‘zak xususiyat-
lar saqlanib qolaveradi. Shu bois
ham Baxtin fikrini quyi-
dagicha davom ettiradi: «Janr hozir bilan yashaydi, biroq
hamma vaqt o'zining o'tmishi, ibtidosini yodda tutadi. Janr
- ijodiy xotiraning adabiyot taraqqiyoti
jarayonidagi vaki-
lidir».2
Yangi davr adabiyotiga kelib badiiy ijodda individuallik-
ning o!rni va qimmati ortib borishi barobarida an’anaviy
janr kanonlari yemirila boshladi. G‘arb adabiyotida bu
hodisa XVIII asrdan, bizda
esa XX asming avvallaridan
boshlab kuzatiladi. Endilikda qat’iy
m e ’y o r la r g a
amal qi-
lish majburiyatidan xalos bo'lgan ijodkorning muayyan bir
janrda yaratgan asarida ham uning o'zigagina xos janr
xususiyatlari namoyon bolaveradi. Bunga qo‘shimcha
tarzda konkret davr adabiyotining janrlar tizimi adabiy
an’analarning davomi va adabiy aloqalar natijasi o‘la-
roq rang-barang tus oladi. Chunki unda faol qo'llanuvchi
zamonaviy janrlar qatori an’anaviy (ya’ni o'tmish
adabi-
yotidagi) va xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar ham
iste’molda bo‘ladi. Shu bois har bir davr adabiyotining
janrlar tizimi diaxroniya/sinxroniya (tarixiylik/zamonaviy-
lik) aspektlarida o'rganishni taqozo etadi.
Aytilganlar, albatta, janr nazariyasini ishlab chiqishda
qiyinchilik tug‘diradiki, bu borada umume’tirof etilgan, tu-
gallangan ta’limot yoxud tizimli
tarzda amalga oshirilgan
tugal tasnif mavjud emasligi shundan. Zéro, janrlar siste-
1 Бахтин M.M. Собрание сочинений в 7 т. Т.6. - М., 2002. - С.120.
20 ‘sha joyda.
368
www.ziyouz.com kutubxonasi
masi muttasil o‘zgarishda ekan, u haqdagi nazariy qa-
rash ham o'tmish adabiyotiga
nisbatangina tugal bolishi
mumkin, Masalan, hozirda o'zbek mumtoz adabiyoti janr-
lari haqida tugal nazariy xulosalarga kelish imkoni bor.
Zamonaviy adabiyotdagi, ijodda
individuallik roli ortgan
sharoitdagi janr kanonlarini esa tugal belgilab bo'lmay-
di. Shu bois ham ta’rif va tasnifda har bir janrga xos eng
umumiy belgilarni asosga olish bilan qanoailanishga to‘g‘ri
keladi. Bunday umumiy belgilar sifatida esa asarning ada-
biy turga mansubligi,
asosiy estetik belgisi, kompozitsion
xususiyatlari, tasvir ko‘lami, badiiy nutq shakli va tabiati
kabilar ko'rsatilishi mumkin. Shu jihatdan uchala turjanrla-
rini ko'rib o'tamiz.
Dostları ilə paylaş: