muallif,
1 Жирмунский B.M. Гёте в русской литературе. - Л.: Наука, 1982. - С.8.
2 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай
лов A.B. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ
тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. -
М.: Наследие, 1994. - С.З - 38.
425
www.ziyouz.com kutubxonasi
qahramon
va
o'quvchi
qorishiq yashaydi - ular ham hali
farqlanmagan. Shuningdek, badiiy tafakkur mexanizmlari
shakllanmagan, ong hali o'xshatish amaliga qobil emas,
parallelizm asosida fikrlaydi. Xullas, arxaik davr sinkretizm
bagYida badiiy tafakkurga xos asosiy xususiyat va mexa-
nizmlar ibíidoiy ko'rinishida shakllangan, obrazli til, sub-
yekt formalari, syujet arxetiplari, tur va janriarning kurtak-
lari uzoq vaqt mobaynida asta-sekin yetilgan bosqichdir.
TraditsionaSizm yoxud normativ poetika bosqichi Yev-
ropada antik Yunonistondagi mil. avv. VI - V asrlardan
XVIIi asr o'ríalarigacha, Sharqda esa milodiy ! asrdan XIX
asr oxiri - XX asr boshlariga qadar bo'lgan davrni, qariyb
ikki yarim ming yilni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu bosqichda
adabiyot (poeziya) alohida soha o'laroq ajraldi, uni ang-
lashga intilish natijasida adabiyot nazariyasi vujudga keldi.
Bu adabiyot nazariyasi
an’ana, namuna
va me'yortushun-
chalarini asos qilib oldi. Zero,
traditsionalizmrimg
mohi-
yati sara
namuna\arga
ergashishda namoyon bo‘ladi, bu
esa ijodkorning namunani yaratishda tayanilgan muayyan
m e’yoi
larga qat’iy amal qilishini taqozo etadi.
Ta’kidlash kerakki, nechoglik muhim bolmasin,
an’anaviylik va me’yoriylik tushunchalarining o‘zi adabi
yot taraqqiyotining qariyb ikki yarim ming yillik davrini tola
tavsiflash uchun kamlik qiladi. Shu bois ham uni boshqa
xususiyatlariga tayanib tavsiflash harakati hanuz davom
etib keladi. Jumladan, ayrim mutaxassislar buni
kanonik-
lik,
boshqalari
reflektivlik,
tag‘in birlan
ritoriklik
kabi xusu-
siyatlar asosida olib amalga oshirishga harakat qilishgan.
Hozirgi vaqtda esa ikkinchi bosqichni
eydos
tushunchasi-
ga tayangan holda
eydetik poetika davri1
deb tavsiflash
keng ommalashmoqda. Aytish kerakki, bu qarash univer-
salligi bilan e’tiborga loyiq, zero,
eydos
asosga olinsa,
yuqorida mazkur - an’anaviylik, me’yoriylik, kanoniklik,
1Qar.: Бройтман C.H. Историческая поэтика. - М., 2001.
426
www.ziyouz.com kutubxonasi
ritoriklik, reflektivlik kabilar u bilan bog'liq xususiyatlar si-
fatida talqin qilinishi mumkin.
Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga alohida to'xtalib
o'tishga zarurat seziladi. Gap shundaki, Yevropa adabiyo-
tidagi ikkinchi bosqich, o‘z navbatida, ikki davrga ajratiladi:
1) qadimgi davr va o‘rta asrlar; 2) ilk Yangi davr - Uyg‘o-
nish, barokko, klassitsizm. Sharq adabiyotidagi ikkinchi
bosqichni esa o'rta asrlardangina iborat deb bilish om-
malashgan. Holbuki, masalan, N.I.Konrad mohiyat e’tibori
bilan G‘arb adabiyotidagi kabi bosqichlar Sharq adabiyoti-
da ham kechganini ta’kidlaydi.1 Darhaqiqat, agar Uyg‘o-
nish davri Yevropada yangi shakllanayotgan millatlarning
o‘z tilida adabiyot (madaniyat) yaratishga harakati ekan, u
holda X - XI asrlarda boshlangan turkiy tilda adabiyot yara-
tish harakatlari ham xuddi shunday Uyg'onish deb atalishi
kerak emasmi?! Yoki adabiyotda islomiy gumanizm ruhi-
ning kuchayishi, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra borliqni Haqning
tajallisi sifatida anglash va unga muhabbat qo'yish - bular
ham Uyg‘onish g'oyalariga hamohang emasmi?! Ko'rib
turganimizdek, adabiyotimizning taraqqiyot yo'lini ushbu
masala nuqtayi nazaridan o‘rganib, oydinlashtirish zarur
bolgan ko'plab masalalar mavjud.
Individual-ijodiy badiiy tafakkur bosqichi Yevropada
XVIII asr o'rtalaridan, Sharqda XIX asr oxiri - XX asr av-
validan boshlanib, hozirda ham davom etayotir. Avvalo,
jamiyatdagi kabi shaxsning badiiy ijoddagi maqomi ham
o'zgardi: arxaik davrda muallif yo‘q edi, keyingi bosqich-
da mudom an’ana soyasida qolib keldi, uchinchi bosqich-
ga kelib esa u markaziy o'rinni egalladi. Endi muallif
mavjud namunaga ergashish, belgilangan me’yorlarga
og'ishmay rioya qilish majburiyatidan xalos boldi. O'zi va
olamni anglash yolida ijodkor so'zdan erkin foydalanishi,
unga shaxsiy sezimlari bilan bogliq xususiy ma’nolarni
1Qar.: Конрад Н.И. Запад и Восток. - М.: Наука, 1966.
427
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuklashi mumkin boldi, natijada so‘z an’ana asosida ang-
lanuvchi ma’nolariga qaraganda ko'lamliroq ko'pma’noli-
lik kasb etdi: «ritorik so‘z» o'rnini «muallif so‘zi» egalladi.
Janr kanonlari yemirildi, ijod amaiiyotida «har bir badiiy
asar - o‘z holicha alohida janr» (F.Shlegel) tamoyili amal
qiladigan bo'ldiki, natijada adabiyot janriy-uslubiy jihat-
dan tubdan yangilandi. Adabiyot reallikka yaqinlashdi,
nafaqat realistik, balki norealistik yo'nalishdagi asarlar-
da ham reallik izlari yaqqoi seziladigan boldi. Avvalgi
bosqichdagidan farqii o'laroq, obraz o‘zi ifodalayotgan
g‘oyaga nisbatan ham, aks ettirayotgan predmetiga nis-
batan ham avtonomlik kasb etdi - tom ma’nodagi badiiyat
hodisasiga aylandi. Shunga o'xshab « m u a llif- qahramon
- o'quvchi» uchligida ham har bir subyekt o‘z holicha
avtonom bolib, ularning o‘zaro munosabatlari shu ma-
qomdan turib qurila boshlandi. Ijod jarayoni individual-be-
takror hodisa sifatida tushunila boshladi. Endi bu jarayon
oldindan belgllab qo'yilgan qoidalar (kanon, me’yor) aso
sida kechmaydi, aksincha, qoidalarning o‘zi ijod jarayoni-
da yaratiladi. Zero, ijod jarayoni yakunlangan emas, bal
ki mudom davom etayotgan hodisa sifatida tushuniladi
va ayni xususiyati bilan u mudom o‘zgarishdagi olamga
ko'proq mos keladi. Xullas, nomiga mos tarzda uchinchi
bosqich bilan individual ijodiy uslublar davri kirdi, adabiy
jarayon endi ham ijodkor shaxsi, ham uni qurshagan vo-
qelik bilan chambarchas bogliq kecha boshladi.
Mazkur hoi uchinchi bosqichda Yevropada kuzatilgan
Dostları ilə paylaş: |