tashqi omillaridan yana biri - adabiy aloqa-
ning ta’sirini namoyon etuvchi yorqin misoldir.
Badiiy adabiyotga konkret maqsadga erishish vositalari-
dan biri sifatida qaraganlari uchun ham ma’rifatchilarning
asarlarida ko'pincha qahramonlar orasida ochiq g'oyaviy
kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g'oyalar
aytiladi, qisqasi, g‘oya asarning butun to'qimasiga singdi-
rib yuboriladi. Shu jihatdan, ayrim adabiyotshunoslarning
«ma’rifatchilik realizmi» istilohidan ko'ra «didaktik realizm»
istilohi hodisa mohiyatiga yaqinroq deb bilishlari bejiz
emas. Zero, ma’rifatchilik adabiyoti, bir tomondan, adabi-
yotni hayotga yaqinlashtirdi, ikkinchi tomondan, uni tarbi-
ya vositasi deb bildi. Ma’lumki, ayni shu ikki tamoyil jadid
adabiyotining ham mohiyatini belgilovchi xos xususiyatlar
sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
Ma’rifatchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun
qulay imkoniyatlar beruvchi san’at turlari va janrlarga
ayricha ahamiyat berganlar. Xususan, ular teatrni o‘z
g‘oyalarini targ'ib etish minbari deb bilganlar, shu bois
ham dramatik janrlar rivojlantirilgan, sahnada o'ynalayot-
gan voqealar hayotiylik kasb etib borgan. Didro, Lessing
kabi yirik ma’rifatchilar teatr san’atiga, dramaturgiyaga
bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar yaratishganki, bu ham
yuqoridagi fikrimiz daliliga xizmat qiladi. Shuni ham aytish
kerakki, ma’rifatchilik adabiyotida badiiy proza, ayniqsa,
faol rivojlantirildi: «epistolyar roman», «sayohatnoma-ro-
man», «tarbiya romani», «falsafiy qissa» kabi qator yangi
janrlar ishlab chiqildi; inson xarakterini yaratishning yan-
gi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usul va vositalar
1 Чулпон. Адабиёт надир // Чулпон. Асарлар. 4 жилдлик. 4-жилд. - Тош-
кент: Akademnashr, 2016. - Б.З - 5.
422
www.ziyouz.com kutubxonasi
joriy qilindi. Ma’rifatchilik adabiyotida, ayniqsa, hayotni
atroflicha badiiy tahlil etish-u yaxlit badiiy konsepsiyani ifo-
dalash imkonini beruvchi roman janri gurkirab rivoj topdi.
Shu o'rinda jadidchilarning milliy teatrimizni shakllantirish
yo'lidagi jonbozliklarini, yuqorida ham eslatganimiz jadid
nashrlarida bot-bot uchrovchi «bizga tiyotr va ro‘mon ki-
toblari kerak» qabilidagi xitoblarni eslasak, mushtaraklik
yana ham bo'rtib ko‘zga tashlanadi.
E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik ada-
biyoti bilan jadid adabiyotining o'xshashlik jihatlari badiiy
shakl bobidagi izlanishlarda ham ko‘zga tashlanadi. Ma-
salan, fransuz adibi Monteskyening «Fors xatlari», ingliz
yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo fuqarosi yoki xitoylik
kishi xatlari» asarlarida Yevropa voqeligi chet elliklar -
birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali beriladi.
Ushbu usulning afzalligi milliy turmush tarzini «xolis ni-
goh» orqali tasvirlash, uning nomaqbul tomonlarini ayov-
siz ochib berish,
0
‘zgacha - «ovrupocha maishat» bilan
qiyoslagan holda isloh qilishga oid g'oyalarni ifodalashga
keng imkoniyatlar yaratishida. Shu bois ham Fitratning
«Munozara», «Hind sayyohi» asarlarida ham shu yo‘ldan
borilgan. Yoki «Munozara»ning dialog shaklida qurilganini
esga olaylik. Qadimgi yunon faylasuflari foydalangan bu
shakl XVIII asrda ma’rifatchilar tomonidan jonlantirilgan,
Didro, Lessing, Gerderning falsafiy-publitsistikasarlaridan
ayrimlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani ham) ayni
shu shaklda yozilgan edi. Ushbu shakl o'quvchida bahs
mavzusiga jonli qiziqish uyg‘otishi, o'ziga ham sezdirma-
gan holda masalani faol mushohada qilishga undashi,
xullas, ma’rifatchilik maqsadlarini amalga oshirishga har
jihatdan muvofiqligi bilan mualliflarni o'ziga jalb etgan
deyishga asos bor.
Ayon bo'ldiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan o‘z-
bek jadid adabiyoti orasida qator o‘xshashlik!ar mavjud.
Buning sababi esa har ikkala harakatni maydonga chiqar-
423
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, har ikki harakat mafku-
rasi va shundan kelib chiquvchi ko'zlangan maqsadlarning
o'xshashligi, ma’rifatchilik adabiyoti ham, jadid adabiyoti
ham o'zini ayni maqsadlar yo'lida safarbar qilgani bilan
izohlanadi.
Yuqorida Yevropa va Turkiston adabiy jarayonlarining
atigi bittadan bo‘lagini qiyosladikki, bu, keng ma’nodagi
adabiy jarayon - jahon adabiy jarayoniga nisbatan olsak,
dengizdan tomchi, xoios. Boz ustiga, jahon adabiy jara-
yoni benihoya rang-barang. Zero, unda bir vaqtning o‘zida
yuziab milliy adabiyotiar, turli yo'nalish, oqim va maktab-
lar, ularga mansub yo aslo aioqasi bo'lmagan ming-ming-
lab individual uslubda qalam surayotgan ijodkorlarni o‘z
ichiga oladi. Shu jihatlarini e’tiborga olsak, jahon adabiy
jarayonini davrlashtirish bir qarashda imkonsizdek ko'rina-
di. Shunga qaramay, XIX asr oxiriga kelib tarixiy poetika
asoschisi A. N. Veselovskiy jahon adabiy jarayonini bir bu-
tun deb tushunishni boshlab berdi. U adabiy jarayonning
«turli xalqlarda bir xil sharoit yuzaga kelganida takrorla-
nadigan»1 katta stadiya (davr)larini aniqlash adabiyot tarixi
fani oldidagi muhim vazifa ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek,
olim antik yunon adabiyoti taraqqiyotini «umuman adabi
yot taraqqiyotining idea! me’yori» deb tushunish biryoq-
lamalik ekanini ta’kidlaydi. Yigirma yillar o‘tib nemis fay-
lasufi O.Shpengler: «Antik dunyo bilan G'arbiy Yevropa
hech qanaqasiga Hindiston, Bobil, Xitoy, Misr, arab dunyo-
si va mayya madaniyatiga qaraganda imtiyozli maqom tut-
maydi; bular bari yagona hayotning turfa zuhuroti» ekani-
yu ular «tarixning umumiy manzarasida teng qimmatga
ega»ligini ta’kidlaydi.2 Bular fanda adabiyot taraqqiyotining
yevroposentrik konsepsiyasi darz ketib, «umumjahon ada
biy jarayoni» tushunchasi bilan ish ko'rila boshlanganidan
1 Веселовский А.Н. Историческая поэтика. - Л., 1940. - С.46,
2Шпенглер О. Закат Е в р о п ы .-М .: Мысль, 1 9 9 3 .- 0 .2 2 - 2 3 .
424
www.ziyouz.com kutubxonasi
darak edi. Tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslik
yo'nalishlarida olib borilgan chuqur tadqiqotlar ayni yon-
dashuvning ilmiy jihatdan to‘g‘riligini tasdiqladi. Xuüas,
tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunosiik yutuqiari-
ga tayangan V.Jirmunskiyning keyinroq «bashariyat ijti-
moiy-tarixiy taraqqiyotining birligi, o‘z navbatida, adabiyot
taraqqiyotining birligiga zamin boladi»1 degan fikrni hukm
tarzida aytishi uchun puxta zamin yaratilgan edi.
Hozirda adabiy jarayon javharida yoiuvchi jihatlarni
nazarda tutgan hoida adabiyot taraqqiyotining uchta stadi-
yasi (bosqichi)ni ajratish, garchi ularturlicha nomlansa-da,
tarixiy poetikada ko‘pchi!ik tomonidan e’tirof etilgan, Jum-
ladan, sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat mu-
alliflar guruhiga ko‘ra, «badiiy tafakkurning eng umumiy va
barqaror uchta: 1) arxaik yoki mifopoetik; 2) traditsionalis-
tik yoki normativ; 3) individual-ijodiy yoki tarixiy (ya’ni tari-
xiyiik tamoyiliga asoslanuvchi) tiplari»2 mavjud.
Arxaik bosqich tosh asridan boshiab antik Yunoniston-
da to mil. avv. VII - VI asrlar, Sharqda milodiy I asrgacha
belgilanib, asosiy xususiyati sifatida sinkretikiik ko‘rsatila-
di. Istiloh yunoncha «farqlamaslik» so'zidan olingan bo'lib,
o‘zi anglatadigan tushuncha mohiyatiga mos. Zéro, bu
0
‘rinda eng avval tafakkurdagi sinkretikiik, ya’ni olamni
yaxlit - tabiat bilan insonni, so'z bilan u anglatgan narsani,
«men» bilan «o‘zga»ni, hayotiy amal bilan san’atni farqla-
masdan qabul qiladigan, hali abstrakt fikrlash va refleksi-
ya (o‘zini anglash)ga qobil bolmagan ongga xos tafakkur
nazarda tutiladi. Shu bilan bog‘liq tarzda san’atlar, adabiy
turiar sinkretik (ya’ni hali bir-biridan ajralmagan, farqlan-
magan) holda mavjud, asosiy shakl bo‘lmish xorda
Dostları ilə paylaş: |