438
www.ziyouz.com kutubxonasi
ADABIY YOMAUSH VA OQIMLAR
Adabiyotning bilish imkoniyatlari: mimesis va ramzlash-
iashtirish. Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. Metod
va uslub tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushun-
chasi.
Adabiyotning
bilish imkoniyatlari
masalasiga antik
davrlardayoq diqqat qilingan. Jumladan, Arastuga ko‘ra,
«Birinchidan, insonlarda taqlid qilish - bolalikdan tug'ma
xususiyat, ular boshqa mavjudotlardan shunisi bilan
farqlanadi. Zéro, inson taqlid qilishga boshqalardan ko'ra
ko'proq qobil va shu yo‘l bilan u dastlabki bilimlarni ho-
sil qiladi; ikkinchidan, taqlid mahsuliari hammaga huzur
baxsh etadj».1 Ko'ramizki, Arastu taqlidni bilish vositasi
sifatida talqin qiladi, u poeziyaning evristik (bilish) va ge-
donistik (huzur berish) funksiyalariga urg‘u beradi. Arastu
ga zid o'Iaroq, Aflotun poeziyaning bilish imkoniyatini inkor
qiladi: «Gomerdan boshlab shoirlarning hammasi ezgulik
va boshqa barcha narsalarning soyasini aks ettiradilar,
ular uchun ijodning predmeti shugina bolib, haqiqatga
teginmaydilar».2 Aflotun ta’kidlaydiki, «taqlidchi o‘zi tasvir-
layotgan narsa haqida arzirli hech narsa bilmaydi, uning
ijodi - jo‘ngina ermak, aslo jiddiy mashg‘ulot emas». Boz
ustiga, «poeziya haqqoniylik me’yorlariga tushmaydi, uni
na o‘lchab, na sanab va na tortib bo'ladi».3 Albatta, bunday
qarash abstrakt tafakkur hali yetarli rivojlanmagan - nar
sa bilan tushuncha bir-biridan hali to‘la ajralmagan davr
uchun tabiiy, bugungi kun nuqtayi nazaridan unga to‘la
1 Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С.151.
2 Платон. Сочнения. В 4-х т. Т.3.4.1. - СПб., 2007. -С .2 6 5 .
3 Ko'rsatilgan manba. - Б.467 - 468.
439
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo'shilib bo'lmasligi ham kunday ravshan. Biroq unda rat-
sional mag'iz borligi, xususan, taqlidchi
narsaning o ‘ziga
emas, uning soyasi
-
ko'rinishiga
taqlid qilishini mutlaqo
inkor etish ham mushkul. Aflotunga ko'ra, poeziya - «ey-
dosga taqlidning taqlidi», u mohiyaidan uch baxya nari-
da turadi. Negaki, eydosning yaratuvchisi - yer-u osmon,
suv-u havo, jamiki mavjudotning yaratuvchisi; yana ham
aniqrog'i, avval eydos - mohiyat yaraidi, so‘ng shu m o
hiyatga taqlidan mavjud narsalarning bari yaraiildi. Ya’ni
poeziyaning bilish predmeti eydos ham, uning yaratuvchi
si ham emas, shu bois u mohiyatni, haqiqatni anglashga
ojizdir.
Aflotunning mazkur qarashi o‘rta asriarga kelib taqlid
(mimesis) o‘rnini ramzlashtirish (simvolizatsiya) egailashi-
ga zamin hozirladi desak, xato bo'lmaydi. Zero, umum-
iashtirib aytganda, ramzlashtirish - «mutlaq go'zallik»,
«asliy go'zallik», «mutlaq haqiqat», «haqiqat» singari turli-
cha nomlar bilan yuritilsa-da, bitta maqsad - Haqni ang
lashga qaratilgan. Ayni chog‘da, ramz ishora qiladi, xolos,
ya’ni bilish amalining natijasi mudom anglash-anglamaslik
chegarasida qoladi. Agar shu jihatlar nazarda tutilsa, ramz-
lashtirishning nazariy asoslari Rumda - antik madaniyat
bilan yangi nasroniylik g'oyaiarini o!zida uyg'un mujassam
etgan Vizantiyada tizimga solingani g‘oyat tabiiy ko'rina-
di. Jumladan, bu ishning ilg'orida turgan ilohiyotchi-estet
Dionisiy Areopagitga ko'ra, «asliy go'zallik» (ya’ni Haq)
mavjud narsalarning hammasiga, har birining o‘ziga yara-
sha go'zallik baxsh etadi, ya’ni «asliy go'zallik» mavjudlik-
ning sababi, jami go'zallikning manbaidir. Ma’naviy-ruhiy
izlanishlar maqsadi - asliy go'zallik, unga eltuvchi vosita
esa moddiy olamdagi go'zallikdir. Zero, moddiy olamda-
gi narsa-hodisalarning barida asl go'zallikdan darak bor,
har biri undan o'ziga yarasha nur oigan. Shu bois moddiy
va ma’naviy reallikdagi hamma narsa ramz (simvol)dirki,
ularning har biridan ilohiy nur taraladi, har birida Yarat-
440
www.ziyouz.com kutubxonasi
gandan nedir bor. Demak, Xudoni tanish uchun eng avvai
shu ramzlarni ko‘ra oiish, mazmun-mohiyatini tushunish
lozim.1 Albatta, bir qarashdayoq mazkur fikrlar bilan tasav-
vuf ta’limoíi orasida mushtaraklik borligini ko‘rish yoxud
mumtoz adabiyotimizdagi ramziylik mohiyaíida ham ayni
shu g'oyalar yotishini fahmlash qiyin emas. Faqat mazkur
masalaga adabiyotning bilish imkonlari haqidagi mulo-
hazalar doirasida to'xtalayoíganimizni yodda tutib, asosiy
mavzuga qaytamiz.
Ta’kidlash kerakki, ramz bilan anglanayotgan narsa
orasida bevosiía o'xshashlik yo‘qligi ramzlashtirish bilan
mimesisni farqlovchi asosiy jihatdir. Agar mimesis nar-
sa-hodisani unga taqlid qilish (ya’ni o'ziga monand tarzda
aks ettirish - o‘xshashini tasvirlash) orqali idrok qilsa, sim-
volizaísiya bunda «o‘xshamagan o‘xshashlik»ka iayanadi.
0 ‘rta asrlarga kelib masal janrining keng ommalashishi sa-
babi shu bilan izohlanadi. Zero, masalda tasvirlangan nar
sa anglanayotgan narsaning o'xshashi - aksi emas, biroq
ikkisining mohiyatidagi o'xshashlik anglanayotgan pred-
met mohiyatiga ishora qiladi - uní anglashga yordam be-
radi. Xullas, mimesis bilan simvolizatsiya bilishning o‘za-
ro oppozitsiya hosil qiluvchi ikki ko‘rinishi, Gegel uchligi
bo’yicha aytsak, ular orasida «tezis - antitezis» munosa-
bati mavjud. Awalo, bilishning mazkur ikki usuli universal
xarakterga egaligini aytish kerak. Shunga ko‘ra, ramzlash
tirish o‘ría asrlarga kelibgina paydo boldi emas, balki ilgari
- o‘sha mimesis zamonida ham mavjud bolgan, bunga
amin bo‘lish uchun Ezop masallarini eslashning o‘zi kifoya
qiladi. Zero, agar «tabiatga taqlid» mohiyatan «voqelikni
aks ettirish» bo'lsa, Ezopning ko‘plab masallari (masalan,
jonivorlar ishtirokidagilari)da bu yo‘ldan emas, balki voqe
likni biron mazmunni ifodalashga mos tarzda «qayta yara-
tish» yolidan borilgan. Xullas, qadim zamonlardan beri
1 Qar.: HJypoHOB
Dostları ilə paylaş: |