sadi deb qarasin - ijtimoiylik va shaxsiylik chegaralari
yo‘q bo‘lib ketsin. Mana shu shartni uddalay oigan ijodkor
endi
hech kimning xizmatchisi emas, aniqrog'i, u endi o‘z
idealining xizmatchisi, xolos. Istiqlolning otashin kuychisi
Cholponni eslang. 0 ‘z davrining eng ilg'or ijtimoiy maq-
sadi - yurt ozodligi Cholpon ongida shu darajada shax-
siylandiki, endi u shoirning shaxsiy dardiga,
orzusiga,
hayotining mazmuni - IDEALIga aylandi. Shu bois ham
mustabid boltasi ostida turib istiqlol ruhida she’rlar bitish-
ga Cho‘lponni birov majbur qilgan emas, ERK mafkura-
sini yurtdoshlar diliga singdirishga intilgan shoir birovga
xizmat qilishni o'ylamagan.
Davrining ilg'or ijtimoiy maqsadini
estetik idealiga sing-
dirgan san’atkor voqelikni o‘sha ideal nuqtayi nazaridan
baholaydi. Baski, u endi mavjud voqelikdagi o‘sha maq-
sadga muvofiq jihatlarni ma’qullagani holda nomuvofiqla-
rini qoralaydi. Faqat shu holdagina uni «mafkuraga xiz
mat qildi» deyish mumkin boladi. Aksincha, agar ijodkor
mafkuraning ko‘r-ko‘rona targ'ibotchisi bolsa, mavjud vo
qelikni ideal nuqtayi nazaridan xolisona badiiy tadqiq qilish
va g'oyaviy-hissiy baholash o'rniga faqat voizlikni kasb qil-
sa, qilar ishi mafkurani madh etish-u o‘z nazdida
uning hi-
moyachisiga aylanib qolsa, bilingki, u mafkuraning foydasi
emas, aksincha, zarariga ishlayotgan bolib chiqadi. Dey-
lik, istiqlol dardini o‘z vaqtida Cholpon, Fitrat, A.Qodiriylar
yonib kuylagan edilar, ularning yurt ozodligi mavzusidagi
asarlari chinakam
dardning mahsuli ediki, shu bois ham
bu asarlarni «yurak qoni bilan bitilgan» deb ta'riflaymiz.
0 ‘quvchini tolqinlantiradigan yuksak tushunchalar haqi-
da asar yaratish uchun kishida ma’naviy huquq bolmo-
g‘i kerak, bu huquqni esa ijtimoiy dardning chinakamiga
shaxsiylanganligigina berishi mumkin.
Shu jihatdan qa-
ralsa, buyuklarimiz guldek hayotini garovga qo‘yib, yurak
qoni bilan yozgan VATAN, ERK, OZODLIK kabi mavzular-
da yengil-yelpi, chinakamiga hissiy idrok qilinmagan o‘y-
67
www.ziyouz.com kutubxonasi
fikrlar, kechinmalarni yozish oq qog'oz oldida ham, o‘quv-
chilar oldida ham gunohdan o'zga emas.
Alohida ta’kidlash zarurki, milliy mafkuraga xizmat qilish
degani
istiqlol, vaían va sh.k.lar haqida yozish deganigina
emas. Chinakam san’atkor nima haqida yozishidan qat’i
nazar - u ma’naviy muammolarni badiiy tadqiq etadimi,
o'zining qalb qa’rlariga nigoh tashlaydimi, ishq-muhabbat
haqida yozadimi... - o‘zi badiiy
tasvir va tadqiq predmeti
sifatida oigan narsani umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik,
insoniylik nuqtayi nazarlaridan yoritar va baholar ekan,
bilingki, u milliy mafkuramizning shakllanishiga, mustah-
kamlanishiga, jamiyat a’zolari
shuuriga singishiga xizmat
qilayotgan bo'ladi. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek,
jamiyatimizning shakllanayotgan mafkurasi umuminsoniy
qadriyatlarga harjihatdan muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: