Savol va
topshsriqäar:
1. Adabiyotni «sof san’at» deb tushunishga
moyillikning kucha-
yishi sabablari nimada? Buni misollar yordamida tushuntirib
bera olasizmi? «Yalang'och ijtimoiylik»»
va badiiy adabiyot-
ning tabiati bilan bog'liq ijtimoiylik orasidagi farq nimada?
2. Badiiy adabiyotning tabiatan ijtimoiy bo'lmasligi mumkin
emasligini qanday izohlaysiz? Agar o'zgacha fikrda bo'lsan-
giz, buni asoslab bering.
3. Badiiy adabiyotda ijtimoiylik va shaxsiylikning uyg'un namo-
yon bolishini konkret asar misolida tushuntirib bering. Siz
misolga oigan asarda ijtimoiy dard shaxsiylashganmi? Buni
izohlashga harakat qiling.
4. Choïponning «Adabiyot nadir?» maqolasini o'qib chiqing.
Yosh shoir badiiy adabiyotning qaysi jihatlariga ko'proq e’tibor
bermoqda? Buning sababi nimada deb bilasiz?
5. Amaliy va ruhiy faoliyatlarning farqli tomoni nimada? Nima
uchun badiiy adabiyotni insonning
ruhiy faoliyati mahsuli deb
hisoblaymiz?
6. «Ijtimoiy ong» nima? Nima uchun badiiy adabiyotni ijtimoiy
ongga mansub deb bilamiz? Buni o'zingiz bilgan asarlar mi
solida tushuntirib bering.
7. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘mi,
uning vazifalari
nimalardan iborat? Badiiy adabiyotning ijtimoiy funksiyalarini
misollar yordamida tushuntiring.
59
www.ziyouz.com kutubxonasi