Oq biya boshini ko'tarar kishnab -
Ko‘zi yaraqlar...
Yashashdan mast go'yo
Qirovrang toychoq...
Cheki yo‘q kechani zabt etib borar
Xushbo‘y bir butoq.
Chayqalar kemadek
Oppoq na’matak,
Xush isli shamollar ko‘ksini teshib
Tomadi shabnam...
Shataloq otib yelar
Qirovrang toychoq...
Oq biya boshini ko'tarar, tuyar -
Shivirlar butoq...
Yaylov uzra kecha...
Bahor...
Adir...
Titrab-titrab bo'yin tomirigacha
Otlar o‘tlayotir.
Ushbu she’r o‘quvchisining ko‘z oldida tasvir birma-bir
xuddi kino kadrlari kabi almashinib turadi: tun
—*■
yaylov
—» hilol —►
oq biya —> biyaning ko‘zi; qirovrang toychoq;
na’matak -> tomayotgan shabnam; qirovrang toychoq —>
oq biya —> butoq; yaylov —> oy -> adir —> o'tlayotgan ot
lar —> titrayotgan bo'yin tomirlari.
Kadrlarning almashinish
tartibida kinoga xos izchillik bor: go‘yo kamera atrofdagi
narsalarga navbat bilan bir-bir yo'naltiriladi; umumiy plan
bilan yirik plan (kursivda berildi) almashinib turadi va har
bir yirik plan she’rning bitta kompozitsion bo’lagini yakun-
laydi, o'ziga xos zarb vazifasini o'taydi. Ya’ni she’rning
qabul qilinishida kino asarini qabul qilishga yaqinlik ku-
zatiladi, demakki, uning ifoda yo'sinida ham «kino tili»ga
yaqinlik bor.
85
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuqoridagi misollardan ayon bo'lyaptiki,
badiiy adabi-
yot arsenalidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kenga-
yishi
va
takomilida uning boshqa san’at turlari bilan alo-
qasi muhirn aharniyai kasb etadi. Shu bois harn hozirgi
adabiyotda ifodaning boshqa san’at turiariga xos unsur-
lari, usui
va
vosiialarini o'zida mavjudlari bilan uyg'un-
lashtirish -
bad iiy sintez
hodisasi keng kuzatiladi. De-
mak, badiiy adabiyotga qotib qolgan
hodisa sifatida harn,
mutlaqo mustaqil hodisa sifatida ham qaramaslik kerak
ekan. Shundagina bugungi adabiyotdagi o‘zgarishiar-
ni his qilish va ularni «hazm» qila olish mumkin boladi.
Aks holda mutaxassis sifatida ham, kitobxon sifatida ham
cheklangan bo‘lib qolish, adabiy hodisalarni almisoqdan
qolgan tarozuda o'tmish «toshi» bilan olchaydigan mu-
taassibga
aySanish xavfi yuzaga kelib, pirovardida kasbiy
noqisükka
olib boradi.
Xulosa
shuki, chinakam adabiyotshunos bo'lmoq
uchun, birinchidan, san’atning barcha turlaridan zavqlana
biladigan hassos qalbga,
ikkinchi tomondan, undagi o‘z-
garishlarni ziyraklik bilan ilg‘ash-u tahlil qilishga qobil teran
aqlga ega bo'lmoq lozim.
Tayanch tushunchalar:
estetik faoiiyat, san’at, yaratuvchiiik faoiiyati, amaiiy san’atiar,
badiiy (nafis) san’atiar, moddiy ehtiyoj, ma’naviy-ruhiy ehtiyoj,
foydaiilik, amaiiy faoiiyat, ijodiy-ruhiy faoiiyat, badiiy ijod, san’at
turlari, obrazlilik, obraz materiaii, so‘z san’ati, universal bilish va
ifoda vositasi, ifoda san’atlari, tasviriy san’atiar, san’at asarini qa-
bul qilish (retsepsiya), retsipiyent, individual ijod, kollektiv ijod,
«iiteraturosentrizm», tasvir va ifoda imkoniyatlari, san’atlararo
aioqa va o'zaro ta’sir, badiiy sintez.
Dostları ilə paylaş: