shunilib, uiarning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab
to hozirgi adabiyotgacha ko'rish mumkin boladi.
Arxetip
konstruksiya va sxemalardan o‘ziga xos «syujet va syujet
bolatlari» jamg'armasi hosil boladiki, ular asardan asarga,
davrdan davrga ko'chib yuradi. Masalan, «bulbul - gu! -
chaqirtikanak» arxetipik sxemasi xalq og‘zaki ijodiga man-
sub ertak va dostonlarda («Tohir - Zuhra - Qorabotir»),
mumtoz she’riyat («oshiq - yor - ag‘yor») dostonchilikda
(Farhod - Shirin - Xisrav), hozirgi adabiyotda («Otabek -
Kumush - Homid», «Zebi - Glmasjon -Akbarali», «Yolchi
- Gulnor - Mirzakarimboy») turlicha taiqinlarini topganini
ko‘rish mumkin.
Badiiy obraz tasvirlayotgan narsa bilan ifodalayotgan
narsa har vaqt ham ustma-ust tushmaydi. Shundan kelib
chiqib ifoda va tasvir planiari munosabatiga ko‘ra
avtologik,
m etalogik
va
superlogik
obrazlar farqlanadi. Avtologik
obrazlar tasvirlayotgan va ifodalayotgan narsalar bir-biriga
mos tushadi. Metalogik obrazlar tasvirlayotgan va ifoda
layotgan narsalar esa bir-biriga mos emas, lekin ular orasi-
da m alum bir munosabat (o‘xshashlik,
aloqadorlik, qism
va butun aloqasi, vazifadoshlik va b.) mavjudki, ifodalana-
yotgan narsa shu munosabat asosida anglashiladi. Misol
tariqasida Faxriyorning quyidagi she’rini olaylik:
Devorga o s ig liq qilich
zanglarini to ‘ka boshladi.
Yaraqlay boshladi to'satdan
yarim oy shaklida.
Lekin devor qizil edi.
Ushbu she’r 1988-yilda yozilgan bolib, «Arafa» deb
nomlanadi. Agar yozilgan vaqti va nomlanishi e’tiborga
olinsa, she’rdagi obrazlar zamiridagi ma’no anglashiladi.
Bu o‘rinda «qilich» aloqadorlik asosida «jang, kurash»
112
www.ziyouz.com kutubxonasi
ma’nolarini beradi. Lekin qilich «zanglagan», ya’ni uzoq
vaqt
q ‘z
vazifasini bajarmagan, devorda osigliq turgan.
Qilichning «yarim oy» shaklida yaraqlay boshlagani - is-
tiqlol arafasida milliy ozodlik soglnchi kuchaygani va shu
yolda kurash masalasi kun tartibiga qo‘yüa boshiagani-
ni ifoda eiadi. Nihoyat, qilich yaraqlay boshlagani bilan,
«devor qizil», ya’ni hanuz «qizil imperiya» hukmron. Ko‘rib
turganimizdek, she’rdagi obrazlar ifodalayotgan ma’no-
ning voqelanish mexanizmi ko‘chimlardagi kabi.
Biroq
ularni oddiygina ko'chim deb tushunmaslik kerak. She’rda
«zanglarini to‘kib yarim oy shaklida yaraqlay boshlagan
qilich» va «qizil devor» obrazlari yaratilgan, ya’ni bular
ko‘chim emas, metalogik obrazlardir.
Superlogik obrazlarda esa ifoda va tasvir planlari bir-
biriga mos emas, ayni paytda, ular orasida muayyan
munosabat ham kuzatilmaydi. Ya’ni bunday obrazlar ifo
dalayotgan narsa shartli ravishda, malum bir kontekst
doirasidagina anglashiladi.
Eng muhimi, ularda tasvirla-
nayotgan narsa o'zining bevosita ma’nosiga ham, ko‘ch-
ma ma’nosiga ham ega bolaveradi. Masalan, Oybekning
«Na’matak» she’ridagi «na’matak», «vahshiy qoyalar»,
«bir savat oq gui», «quyosh» obrazlari o‘z holicha o'quvchi
ko‘z oldida tabiat manzarasini namoyon etadi. Ayni payt
da, shu obrazlarning o‘zi, agar she’r yozilgan davr sharoiti
va Oybek biografiyasi kontekstida olinsa, mustabid tuzum
sharoitidagi san’atkor qismatini ifoda etadi.
Tayanch
tushunchaiar:
obraz, obrazli tafakkur, obraz, obrazlilik, badiiy obraz, badiiy
obraz spetsifikasi, obyektiv ibtido, subyektiv ibtido, individual-
lashtiriigan umumlashma, konkretlilik, ratsional va emotsional
birlik, metaforiklik, assotsiativiik, tugallanmaganiik, ko‘pma’noli-
iik, personaj, ishtirok etuvchi, muallif xarakteristikasi, portret, ba
diiy psixologizm, ichki monolog, «ong oqimi», o ‘ziniki bolmagan
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
avtor nutqi, nutqiy xarakteristika, bevosita psixologizm, bilvosita
psixologizm, yuz-ko‘z ifodasi, mimika, badiiy obraz turlari, in
dividual obraz, xarakter, tipik obraz (tip), motiv, topos, arxetip,
avtologik obraz, metalogik obraz, superlogik obraz.
Savo! va topshiriqlar:
1. «Badiiy obraz badiiy adabiyot va san’atning tafakkur shakli»
deyilishining boisini tushuntirib bering. Obrazli tafakkur va
tushunchalar asosidagi tafakkurni bir-biriga qiyoslagan hol-
da amalga oshiring. «Badiiy obrazning konkretliligi»
deganda
nimani tushunasiz?
2. Badiiy adabiyot individuallashtirish orqali umumlashtirishga
intilishini o‘z misolingizda tushuntiring.
3.
Badiiy obrazning ko'pma’nolilik kasb etishi nimalarga bog'liq
deb biiasiz?
4. Badiiy adabiyotda inson obrazining markaziy o‘rin tutishi
nimaga bog'liq? Inson obrazini yaratish vositalari qaysilar?
Ularni konkret bir misol orqali tushuntirib bering.
5. Badiiy obrazlar tasnifi qaysi jihatlardan amalga oshiriladi? Ba
diiy obraz turlarining har biriga misollar keitiring.
Dostları ilə paylaş: