badiiy psixologizm
sanala-
di. Shart deyishimizning boisi, inson - o‘yiaydigan va his
etadigan mavjudot, demakki, ruhiyatida kechayotgan ja~
rayonlar tasvirisiz uning obrazi ham noqis boladi. Vosita
deganimiz, aynan psixologizm tufayii asarda personaj jonli
inson olaroq harakat qilayotgandek taassurot qoladi, xat-
ti-harakatlari, gap-so‘zlari hayot mantiqiga muvofiq ko'ri-
nish oladi. Xullas, badiiy psixologizm deyilganda personaj
ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari, gap-so‘zlari-
ning psixologik jihatdan asoslanishi tushunilib, u mazkur
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi qator usul,
vositalarni o‘z ichiga oladi.
Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita
tasvirlab berishi mumkin. Personaj o‘y-kechinmalari, his-
tuyg'ularining «ichki monolog», «ong oqimi» tarzida yoki
muallif tilidan (o'ziniki bolmagan avtor gapi) bayon qilinishi
psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Masalan,
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikkinchi bora o'limga hukm qilingan qahramonining ruhiy
holati muailif tomonidan quyidagicha tasvirlanadi: «Otabek
garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqan-
day ma’nolarni onglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lush-
lar uning ko‘z o'ngida qora pullik qadr-u qiymatsiz... To‘g‘ri-
si, ul ajib birtabiatka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz...
Yo‘q, ul sezsa-da, bilsa-da, go‘yo oyog‘-qo‘li bog'lanib
bo‘g‘izlanishga hozirlangan bir qo‘y kabi qayralayotgan
pichoqqa butunlay parvosiz, qo'rquvsiz tomosha qilar edi.
Bu turmish, bu hokimiyat, cheki ko'rinmagan bu qorong'i-
liq... uning uchun sira qiziqariiq emasiar: ul y o ‘q edi
-
tinch
edi, ul keidi
-
tinchimadi, ul yana y o ‘q b o ‘lsa, ehtimol, yana
tinchir edi.
Mana shuning uchun ham ul bezraygan edi.
Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uning ko'nglidan
tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bun-
dan ham qutilg‘andek bo'ldi. Ammo... ammo
s o ‘ng nafasida
uning bilan vidolashsa, b o ‘g ‘z ig ‘a xanjar botar ekan, uning
yuziga qarabqina k o ‘zi nursizlansa...
Uning hamma orzu-
si shu edi hozir». Adib muqarrar olim ga yuzlanib turgan
mahkumning karaxt-loqayd holatini, dilini birdaniga qopla-
gan zulumotda ishq sham’ining zaifgina nuri qolgani-yu
jon berarda ma’shuqasini yana bir ko'rish yagona ilinjiga
aylanganini ishonarli va ta’sirli ifodalay olgan. E’tibor be-
rilsa, kursiv bilan ajratilgan qismlar o'ziniki bolmagan avtor
gapi shaklida, ya’ni aslida Otabekning ongida kechayotgan
o‘ylar-u faqat muailif tilidan berilayotganini payqash qiyin
emas. Boshqacha aytsak, personajning maqomi tasvir
obyektidan
o‘y-fikrlar
subyektiga (va aksincha) o‘zgarib
turadiki, bunday evriiishlar o'quvchi diqqatini tortib, qizi-
qishini oshiradi.
Zamonaviy adabiyotda personajning o'ylarini «ichki mo
nolog» shaklida berish keng ommalashgan. Mohiyatan u
personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va faqat
ichidagina kechuvchi nutqi bolib, shartli ravishda uning
ongida kechayotgan fikrlash (his qilish) jarayoni deb qabul
104
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiiinadi. Shartli deyilishiga sabab shuki, ichki monolog gram-
matik jihatdan iartibga solinadi, unda mantiqiy izchillik kuza-
tiladi. Aslida esa inson ongidagi o'ylov (his etish) jarayoni
bunday batartib kechmaydi: unga ziddiyatlar, paradokslar,
chalg‘ishlar, uzilishlar ham xosdir, Ichki monolog vositasi-
da personaj yuz berayotgan voqealarni mushohada qiladi,
o‘zini taftish qiladi, izhor etadi, iqror qiladi va sh.k. Masalan,
Akbarali mingboshining dunyo ahvoloti haqida ilk o'ylovi
«Shu qironlarning bir-biri bilan urushgani yomon bo'ldi...
Ko‘p odam qirildi deydi noyib to'ra. Mening mirzam Sokolov
ham daraksiz ketdi. Uch oydan beri daragi yo‘q. Yurt ham
samovarday ichidangina asta-asta qaynab yotibdi. Bir to-
shadi bu! Yomon toshadi lekin...» qabilidagi tashvish bilan
boshlanadi. Akbarali yurtda katta silkinishlar yetilayotganini
ich-ichidan his etib, mol-u joni iashvishini qiladi, shunday
qaltis vaqtda Miryoqub sayohatga ketib qolganidan jahlla-
nadi. Xullas, ichki monolog shaklida berilgan mingboshining
tashyishli o'ylari Cholpon chizayotgan davr polotnosidagi
muhim chizgilardan biriga aylanadi.
Yoki Zebi mingboshiga taslim bo‘lgach, puxta o'ylangan
rejalari ko‘z oldida bir-bir barbod bo'layotgan Poshsha-
xonning muhokamasi «Nima bo'ldi? Zebixonni keltirdik:
qancha qiyinchiliklardan so‘ng uning qaysarligini sindirib,
qo'ziday yuvosh va muloyim qilib mingboshiga topshirdik.
Mingboshi endi undan xursand: Zebixonning ham xafa
bolgani ma’lum emas...» degan afsus va qoniqmaslik tola
o‘ylar bilan boshlanadi. Ayni muhokama Poshshaxonni
keyingi qadam - Zebini zaharlash rejasini tuzish va pishi-
tishga, amaliy harakatga undaydi. Ichki monolog Posh-
shaxonning xatti-harakatlarini ruhiy jihatdan asoslash bilan
birga o'quvchining syujetda va personajlar taqdirida kes-
kin o'zgarish yasagan voqeaning tub omillarini anglashiga
zamin hozirlaydi.
Realistik adabiyot, tabiiyki, ichki monologni ongda ke-
chuvchi haqiqiy jarayonlarga yaqinlashtirishga intildi. 0 ‘y-
105
www.ziyouz.com kutubxonasi
lov jarayonini tartibga solishda yaqqol soxtaiiklardan voz
kechib, uning murakkab tomonlari ham aks etishi uchun
ichki monologga oYni bilan grammatik va mantiqiy jihat-
dan izchil tartibga solinmagan unsurlarni ham kiritdi. Re
alistik adabiyotning buyuk namoyandalari - L.N.Tolstoy va
F.M.Dostoyevskiy asarlarida ichki monoiog go'yo personaj
ongida yozuvchi aralashuvisiz kechayotgan jarayon tasvi-
ri kabi berilib, ong va ongosti qatlamlari faoliyatini butun
murakkabligi, ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat kuzati-
ladi. Ularning tajribalari butkul erkin kechuvchi psixik jara-
yonni tasvirlash yoki shunday effekt hosil qilishga intilishni
kuchaytirdiki, natijada XIX - XX asrlar chegarasida ruhiy
tasvirning «ong oqimi» shakli vujudga keldi. Albatta, «ong
oqimi» adabiyotni inson ruhiyatini tasvirlash bobida bir
pog‘ona yuksaltirgani, uning bu boradagi imkonlarini ken-
gaytirgani shubhasiz. Biroq ruhiy jarayonlarni asliga tola
muvofiq tasvirlash naturaiizmdan boshqa narsa emas.
Ikkinchidan, adabiyot inson ongidagi psixik jarayonlar
ni qayd etuvchi mashina emas, ya’ni bunday yondashuv
ijodiylikni oldirishi ham bor gap. Nihoyat, uning maqbul
tomonlari hozirda badiiy tafakkurga singib ketganki, ular
ruhiyat tasvirining badiiyat talablariga muvofiq asliga ya-
qinlashtirilishida muhim ahamiyatga egadir.
Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari,
gap-so‘zlari, yuz-ko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik
o'zgarishlarni ko‘rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psi-
xologik tasvirdir. Masalan, qishloq sayohatiga borgan Zebi
o‘zi sezmagan holda 0 ‘lmasjonga ko'ngil qo'ygani yodin-
gizda bolsa kerak. Ittifoqo qizlar suhbatida safardosh yigit
tilga olinadi: «Zebi sekingina bo’ynini cho‘zib, gapga quloq
soldi. U faqat Qumrining so'zini - «bittasi o'zimizning ara-
vakash...» degan so‘nggi so'zini eshitib oldi.
Dostları ilə paylaş: |