mumtoz adabiyotida «Guliston», «Bo'ston», «Qutadg'u
bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» singari didaktik
asarlar yaratilgan. To‘g‘ri, adabiyot taraqqiyotining keyin-
gi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar salmog'i
kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga
berilgan asarlar
badiiy mukammallikdan yiroq tushadi deb hisoblanadi ham.
Shunga qaramay, badiiy adabiyotning ommaga didaktik
ta’siri haii-hanuz juda kuchli, uning bu boradagi imkoniyat-
lariga ehíiyoj ham mudom kuchayib boradi. O'z navbatida,
chinakam san’at asarida ijodkor hamisha ezgulik, go'zallik,
adolat singari umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr
yuritadi, ayni shu narsa badiiy asarda hamma vaqt didaktik
potensial mavjud bolishini,
badiiy adabiyotning hamisha
tarbiyaviy funksiya bajarishini ta’min etadi.
K o m p en sa to rlik funksiyasi.
Badiiy adabiyotda inson
o‘z hayotida ko‘rmagan¡ni ko‘radi, undan o‘ziga yetish-
mayotgan narsalarni topadi va shu asosda ruhiy qoniqish
hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar mu-
tolaasi davomida o'quvchi irreal
olamda - badiiy reallikda
yashaydi: o‘sha irreal olamda real hayotida ko'nglidan ke-
chirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan
vaziyatlarda yashaydi. Ya’ni kompensatorlik funksiyasi-
ni badiiy adabiyotga yuqorida berganimiz «qo'shimcha
umr» ta’rifi bilan bogliq tushunish o‘ng‘ay. Masalan, kishi
hayoti davomida hech sevmagan yo sevilmagan bo'lishi
mumkin, biroq badiiy asar voqeligida yasharkan, u qahra-
mon bilan birga ishqqa mubtalo
yoxud buyuk bir sevgiga
sazovor bo'la oladi; adabiyot irreal olamda qashshoqqa
g‘aniy, qo‘rqoqqa botir, baxtsizga baxtiyor bolib yashab
ko'rish imkonini yaratadi. Ushbu aytganlarimiz - tom
ma’nodagi kompensatsiya, ya’ni so‘z borayotgan funksi-
yaning inson hayotida ko‘rmaganlari uchun «qo‘shimcha
umr» o‘laroq o'ziga xos tovon
tarzida amalga oshishiga
misol. Bundan tashqari, mutaxassislar badiiy adabiyotning
o!quvchini turmush tashvishlaridan chalg'itishi (masalan,
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
sarguzasht-detektiv asar mutolaasiga berilib tashvishlarini
ma’lum muddat unutish) yoki ruhiy íaskin berishini (masa-
lan, asarda íasvirlangan baxtsizga qarab «undan ko‘ra
yaxshíroq ahvoldaman-ku» tarzida o‘ylash) ham kompen-
satorlik funksiyasining ko‘rin¡shlar¡ deb qaraydilar.
Dostları ilə paylaş: