mutlaq g ‘oya
ifodasidir. Keyinchalik,
realizm bosqichiga o'tilgani sari, har ikki tomonga birdek
ahamiyat berish tamoyili kuchayib boradi.
140
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunisi ham borki, «shakl» va «mazmun» farqlanishi
bilan ularning dialektik bírligini tushunmasdan mexanik
tarzda ajratish ehtimoli ham yuzaga keldi. Natijada yuqori-
da aytganimiz «oltin qoida»dan chekinish hollari ham ku-
zatiladi. Jumladan, shaklning ahamiyatini mutlaqlashtirib,
uni badiiyatning bosh mezoni deb biluvchilar
formalistlar,
ularning faoliyati o'laroq yuzaga keluvchi hodisa
formalizm
deb yuritiladi. Formalizm ko'rinishlari XIX asr oxiri - XX asr
boshlaridan ham ijod amaliyotida, ham adabiyotshunoslik
ilmida yuz ko'rsatdi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi fu-
turizm, ¡majinizm, dadaizm kabi oqimlar badiiyatni asosan
shaklda ko'rib, turli yangi badiiy shakllar ixtirosiga o‘tdi-
lar. Biroq ularning aksar ixtirolari «shakl - shakl uchun»
shiori ostida kechib, mazmundan ko'pincha ayro tushgani
uchun-da samarasiz yakun topdi. 0 ‘z vaqtida ayni shu xil
qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoq-
chi bo‘lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar
tabiatiga nomuvofiq bo'lgani bois aksar biryoqlama bo'lib
qoldi.#
Ta’kidlash kerakki, formalizmga batamom salbiy muno-
sabatda boMish, uning adabiy-nazariy tafakkur rivojida-
gi o'rni va ahamiyatini mutlaqo inkor qilish ham to‘g‘ri
bo'lmaydi. Avvalo, formalizm adabiyotshunoslikdagi psi-
xologik maktabga zid o‘laroq maydonga chiqqanini yodda
tutish kerak. Gap shundaki, biryoqlamalikka og‘ib ketgan
psixologik maktab vakillari adabiyotshunoslikning maqsa-
di ijodkor ruhiyatini o‘rganish, adabiy asar esa shu maq-
sadga erishish vositasi deb bildi. Ya’ni adabiyotshunoslik
uchun adabiy asar ilmiy o'rganish obyekti bo‘lmay qoldi.
Formalizm vakillari shunga qarshi borib, adabiyotda ilmiy
o‘rganish mumkin bo'lgan, ya’ni ilmiy tadqiqot obyekti bo‘ta
oladigan yagona real narsa asarning shakli degan g'oya bi
lan chiqdi. Shuning uchun ham o‘z vaqtida B.Eyxenbaum:
«Formal metod» maxsus metodologik tizim yaratilishi nati-
jasida emas, balki adabiyot ilmining mustaqilligi va aniqligi
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun kurash jarayonida shakllandi»1, - deb yozgan edi.
Ikkinchi tomondan, formalistlarning badiiy asar shaklini
o'rganishga ayricha e’tibor qilganlari adabiyotshunoslik-
da izsiz ketdi deyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar
shakliga xos ko‘p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r tuzilishi,
she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy asar
kompozitsiyasi kabi muhim poetika masalalarini maxsus
va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formai maktabi va-
killari bolmish V.B.Shklovskiy, B.M.Eyxenbaum, Y.N.Tin-
yanov, V.M.Jirmunskiy, V.V.Vinogradov, B.V.Tomashevs-
kiy, G.Vinokur, R.Yakobson kabi olimlar amalga oshirgan
tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyat-
ga molik bo‘ldi. Ularning izlanishlari keyinchalik struktur
adabiyotshunoslik, semiotik tahlil kabi yo'nalishlar uchun
asos, rivojlanish omili bo'lib xizmat qildi. Formai maktab
namoyandalarining asariari hozirda ham poetika sohasida
amalga oshirilayotgan tadqiqotlar uchun boy manba, ilmiy
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning
shakliga ko‘z yumib, uning qimmatini mazmundan kelib
chiqibgina baholashga urinishlar ham bo'lgan. Xususan,
20-yillar sho'ro adabiyotshunosligida mafkuraning sinfiy
shartlanganligi haqidagi marksistik ta’limotni bayroq qilib
oigan adabiyotshunoslar faoliyatida badiiy asarni faqat
g‘oyaviy mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kelib chiqib ba-
holash amaliyoti kuzatiladi. 0 ‘zlarini mutlaqo yangi - pro-
letar adabiyoti vakillari deb bilgan bu adabiyotshunoslar
badiiy ijod toMaligicha jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar
va ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita bog'liq deb
hisoblaydilar. Ularning talqinidagi badiiy adabiyot bilan ijti-
moiy fanlarning mazmun-mohiyati-yu maqsadlari mutlaqo
farqsiz, adabiyot ijtimoiy hayotning shunchaki «obraz-
li illyustratsiyasi», xolos. Badiiy adabiyotning mohiyatini
bunday tor va siyqa talqin qilish sho'ro adabiyotshunos-
1 Эйхенбаум Б. О литературе. Работы разных лет. - М., 1987. - С.375.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi
ligida o‘sha yillariyoq keskin qoraiandi, unga «vulgar sot-
siologizm» degan nom berildi. Sirasi, ushbu nom hodisa
mohiyatini aniq-ravshan ifodalaydi ham. Zero, birikmadagi
«sotsiologizm» so‘zi ijtimoiy hayot bilan bog‘iiqlikni ang
laisa, uni aniqlayotgan «vulgar» so'zi «siyqa», «qo'pol»,
«jo‘n» ma’nolarini ifodalaydi. Ya’ni vulgar sotsiologizm
adabiyotning tabiatiga xos ijtimoiylikni jo'nlashtirib, siyqa-
lashtirib talqin qiladi. Adabiyotga vulgar sotsiologik yon-
dashuvning mohiyati, tahlil va baholash tamoyillari uning
V.M.Friche, V.A.Keltuyala, V.F.Pereverzev kabi nazari-
yotchilari asarlarida, shuningdek, mafkuralashgan turli
proletar yozuvchilar uyushmalarining nashrlari bo‘lmish
«На литературном посту», «На посту» kabi jurnallarda
chop qilingan maqolalarda aks etgan.
Ta’kidlash kerakki, vulgar sotsiologizm badiiy adabi
yotning san’at hodisasi ekanini inkor qilish, uni mafkura
quroliga aylantirishning qo‘pol ko‘rinishi edi. Bunday deyi-
shimizning boisi shuki, garchi sho‘ro adabiyotshunosligi
vulgar sotsiologizmga o‘z vaqtida keskin zarba bergan
bo‘lsa-da, uning o‘zi ham to oxirgi kunlariga qadar bir
oyog‘i bilan shu mavqeda turdi, ya’ni mohiyatan u badi
iy adabiyotga shu xil yondashuvning «yumshoq» varianti
edi, xolos. Sho‘ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar
Dostları ilə paylaş: |