ga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o'ziga xos shakl
- novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va maz-
munning bir-biriga o'tishini bir asar doirasida ham ko'rish
mumkin. Bunda endi badiiy asarning «sistema» ekani,
har qanday sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy
bo'laklardan, sathlardan iborat ekanligidan kelib chiqamiz.
Deylik, asarning istalgan parchasini o‘qiganimizda
bizga
«eshitiladigan» nutqning moddiy tomoni (ritm, intonatsi-
ya, vazn, qofiya) shu nutqiy bo‘lak mazmuniga nisbatan
shakl bo'ladi. Ayni chog'da, nutq mazmuni kengayib borib
ko‘z oldimizda voqealarni namoyon etadi, ya’ni u endi syu-
jetga nisbatan shakldir. 0 ‘z navbatida, syujet xarakter va
sharoitni namoyon etish shakli bolsa, xarakter va sharoit
asarning yaxlit badiiy konsepsiyasini ifoda etish shaklidir.
Ko'ryapmizki, har bir yuqori sath o'zidan
oldingi sathga
nisbatan mazmun, quyidagisi esa o'zidan keyingisiga nis
batan shakl o'laroq namoyon bo'lar ekan.
Shakl konservativroq hodisa bo'lganidan o'zgarishga u
qadar moyil emas, muayyan bir ko'rinishida uzoq yashov-
chanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka
moyil hodisa bo‘lib, har bir badiiy asar mazmunan o'zicha
originaldir. Sababi, o‘sha asarni yaratgan ijodkor - indi-
vid, u dunyoni o'zicha ko'radi va baholaydi. Shunga ko'ra,
hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original
(originallik bu o'rinda ijobiy baho - o'ziga xoslik ma’nosi-
da emas, balki boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan
ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya badiiy
adabiyotda o‘zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqla-
gan holda uzoq o‘tmishdan beri yashab keladi. E’tibor be-
rilsa, mumtoz adabiyotimizdagi hikoyatlar bilan zamonaviy
hikoya o'rtasida mushtarak nuqtalar borligini ko'rish qiyin
emas, ya’ni o‘tgan vaqt ichida sodir bolgan tub shakliy
o‘zgarishlar yo‘q. Holbuki, xuddi
shu vaqt davomida ayni
shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa
badiiy mazmunlarning son-sanog‘iga yetib bo'lmaydi. Al-
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
batta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o'ziga
xosliklar kuzatiladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy bel-
gilar saqlanib qolaveradi.
Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shakl-
ning uyg'un muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi.
Badiiyat go'zal shaklda ¡fodalangan aktual, umuminsoniy
qadriyatlarga mos mazmunni taqozo etadi. Adabiyot-
shunos badiiy asarni tahlil qilarkan, uning diqqat marka-
zida shakl yoki mazmun íurishi mumkin. Lekin asosan
shaklga e’tibor qaraígani holda ham adabiyotshunos uning
mazmun tomonlarini
nazardan soqit qilolmaydi; asarning
mazmun jihatini tekshirayotgan olim ham o'sha mazmun-
ning muayyan shaklda ifodalanayotganini unutmasligi
shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda shakl va mazmun
uyg‘un birikarekan, shaklni badiiyat, mazmunni g'oyaviylik
(bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida tushu-
nib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur, bu adabiyot-
shunoslikning «oltin qoida»si sanaladi.
Shu o'rinda «shakl» va «mazmun» tushunchalarini
farqlash, adabiy asar tarkibini
shu ikki asosga tayangan
holda anglash XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida nemis
estetik tafakkurida, xususan, Gegel falsafasida qaror top-
ganini eslatish joiz. Bunga qadar esa antik zamonlardan
boshlab asarga bir butun sifatida qaralgan, uni «shakl»
va «mazmun» tushunchalariga (garchi ular yaxshi ma’lum
bo‘lsa-da), ajratib o'rganilmagan. Ta’kidlash kerakki, bu
xil farqlash adabiy asarni, uning uzvlarini teranroq tahlil
qilish imkoniyatini yaratdi. Avvaliga,
buni Gegel misolida
ham ko‘rish mumkin, adabiy asarning mazmun tomonlari-
ga ustuvor ahamiyat berildi, badiiy g‘oya, badiiy xarakter
masalalari chuqur tadqiq etildi. Ayni hol idealistik dunyo-
qarash bilan bogliq holda yuzaga keladi, Negaki, uning
uchun eng muhimi -
Dostları ilə paylaş: