21
Choch
o‘lkasi o‘z tanga pullari ti-
zi
miga ega bo‘l
gan. Tangalarning old
betida
hukmdor surati, teskari to mo nida
ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri,
ba’zan su lo laviy ayri tamg‘a tushirilgan.
Ayrim
tangalarda esa, hatto hukm dorga
yonma-yon malika tasviri ham chekilgan.
Bunday tasvir hukmdorning malikasi –
xvatun
(xotun) vazirlik darajasiga ega
bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok
etganligidan dalolat
beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan.
Choch
va
Eloq
sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma
deh
qonchilik, chor
vachilik, hunarmandchilik, konchi
lik va
savdo yuksak darajada bo‘lgan.
Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi
Choch
va
Eloq
qa
ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining
ko‘payishiga imkon bergan.
Dostları ilə paylaş: