Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
4.2. Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va
bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma'lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik
va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini
aniqlaydigan asosiy belgidir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyutyerlashtirishning rivojlanishi bilan
buxgaltyerlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgarmoqda va kengaymoqda.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy shakllariga
memorial-order, jurnal-order va
avtomatlashtirilgan shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes
korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks
ettiradigan
buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli bo‘lishi uchun bu hisob shakllarini alohida misollar bilan ko‘rib
chiqamiz.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.Buxgalteriya hisobi memorial-order
shaklining mohiyati xo‘jalik muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib,
buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar
bosh buxgaltyer tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga memorial-orderni tuzishga asos
bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida
ko‘rsatma beradi. Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi subektning
imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi. Alohida faktlarni ro‘yxatga olish
uchun zarur qaydnomalar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hujjatlar guruhiga asosan ham
tuzilishi mumkin (3.1-jadval).