Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Hisob yozuvlarining turlari
ga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari: 
xronologik, sistematik
va 
uyg‘unlashgan
yozuvlar hisob registrlariga bo‘linadi.
Xronologik registrlar
deb xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda (ularning sodir bo‘lishiga 
qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
realizatsiya qilishga oid hujjatlar reestri misol bo‘ladi. Bu reestrda mahsulotlarni sotishga jo‘natish 
uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ularning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi 
kvitansiyalari qayd qilib boriladi. 
Sistematik reestrlar
deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schotlari 
bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob 
yuritadigan xo‘jaliklarda qo‘llanilgan №8- ASK, 10-ASK jurnal-orderlarni keltirish mumkin. 
Uyg‘unlashgan registrlar
deb yozuvlarni ham xronologik, ham sistematik ravishda 
guruhlashtirishni ta'minlaydigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining 
takomillashuvi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga 
ko‘ra buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi. 
Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK shakl) keltirish mumkin. 
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda to‘ldiriladigan (asosiy vositalar 
hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlarning mazmunini, balki 
registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra
: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p 
grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar
– bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kitoblarni va boshqa 
muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning 
alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari
deb xo‘jalik muomalalarini aks ettiradigan grafalar 
varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng 
tomonida) joylashgan registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish 
kartochkalari misol bo‘ladi.
Ko‘p grafali registrlar
da bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo‘ladi 
(xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar
– bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday registrlarda yozuvlar 
kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va 
krediti bo‘yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlari
da bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. Masalan, hisobdor 
shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi tegishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari 
bo‘yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlarni 


alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan mashinagrammalar qo‘llaniladi. 
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha sistemalashtirilgan dastlabki 
hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi 
schotlar ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order shaklida 
qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil 
qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kyerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 
Buxgaltyerlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim 
shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv 
mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z vaqtida, qisqa, aniq va 
tushunarli bo‘lishi lozim. 
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy tahlil qilish uchun 
zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon beradi. 
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish uchun asos bo‘lgan 
dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki kassadan hisob-kitob schotiga 
topshirilgan summalar to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi qaydnoma 
qismining jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order qaydnoma qismining jami 1-ASK 
jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjatlarni tuzishda va ishlashda hamda hisob 
registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l quyilishi mumkin (raqamlarni yozishda aniqlash, 
jamlashda va korrespodensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish) 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin