Materiallari ishlab chiqarish, mayda asbob-uskunalarni tayyorlash
va hokazolar uchun qishloq
xo‘jalik korxonalari tarkibida yoki mustaqil sanoat korxonalari hamda yordamchi xo‘jaliklar
tashkil etiladi. Bunday sanoat korxonalari ishchi kuchining mavsumiy oshiqchaligidan to‘la va
samarali foydalanish hamda rentabellikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Sanoat ishlab chiqarishini hisobga olish har bir ishlab chiqarish sarfini hisob obekti va xarajat
moddasi bo‘yicha hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aniq
hisobga olish va ularning tannarxini to‘g‘ri hisoblash, tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri
aniqlash, mablag‘larni tejab sarflashni nazorat qilish, oila pudrati va pudrat asosida ishlaydigan
bo‘linmalarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan nazorat qilish va har bir korxona
bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining (moliyaviy) natijalarini alohida aniqlashni ta'minlash
lozim.
Qishloq xo‘jaligida sanoat ishlab chiqarishlariga qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta
ishlaydigan (tegirmon, sutni qayta ishlash, moyjuvoz, konsyerva va pishloq zavodlari va h.k.)
korxonalar va ishlab chiqarishlar, yog‘och tilish, g‘isht zavodi, salloqxona, hamda mahsulotlarga
oddiy ishlov berishga oid ishlab chiqarishlar (meva vasabzavotlarni quritish, bodring va pomidor
tuzlash va boshqalar) kiradi.
Sanoat ishlab chiqarishida qilingan xarajatlar quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga olinadi:
1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birgalikda. 2.
Xom ashyo va
Materiallar. 3. Ishlar va xizmatlar. 4. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari. 5. Ishlab chiqarishni
tashkil etish va boshqarishga oid xarajatlar. 6. Sug‘urta to‘lovlari. 7. Boshqa xarajatlar. 8.
Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar.
«Xom ashyo va Materiallar» moddasida tayyorlanadigan mahsulotning negizini tashkil
etuvchi yoki uni tayyorlashda zarur bo‘ladigan komponentlar: masalan, tegirmon va
juvozxonalarda – donning qiymati; kanop va zig‘irni qayta ishlashda – poyaning qiymati; meva,
sabzavot, kartoshka va rezavor mevalarni qayta ishlashda – meva, sabzavot, kartoshka,
dukkaklilar, rezavorlar va boshqalar qiymati.
«Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar» moddasida butunlay yaroqsizga chiqarilgan
mahsulot (buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar) qiymati, qurulmalarning
dastlabki ishlatish
vaqtida buzilgan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati hamda yaroqsizlikni
tuzatish xarajatlari aks ettiriladi.
Qolgan xarajat moddalari o‘zlarining mazmuniga qarab 2010 va 2020 schotlar bo‘yicha
ko‘rib chiqilgan xarajat moddalariga o‘xshashdir.
Dostları ilə paylaş: