Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Buxgalteriya hisobotining ta’riflang. 
2.
Buxgalteriya hisobotlarining turlari, mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 
3.
Yillik buxgalteriya hisobotining tarkibi qanday? 
4.
Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining baholanishini shakllantirish tamoyillari qanday? 
5.
Buxgalteriya hisobotiga qanday talablar quyiladi? 
6.
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish mezonlari qanday? 
7.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati nima? 
 
22 MAVZU. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA SOLIQ TIZIMI 
22.1.
 
Soliq tushunchasi, uning zarurligi va iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 
 
O‘zbekiston Respublikasini Soliq Kodeksining 12- moddasiga asosan 
Soliqlar deganda-
muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz 
xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi

Boshqa majburiy to‘lovlar deganda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy 
pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar 
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu 
jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun 
to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi. 
Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq 
to‘lovchilar bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar 
aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul 
to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo‘la olmaydii. Soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat 
mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat byudjetiga 
mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi. 
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, 
qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir. 


223 
1.
Birinchi belgi-majburiylik. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq 
to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tamoyili asosida amalga oshiriladi. Majburiylik belgisi 
huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan. 
2.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xaxinaga-davlat 
byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. 
3.
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixda 50 va 100 yillab 
o‘zgarmasdan harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, soliqlar shuncha 
qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o‘zgaradi. 
4.
To‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. Lekin, 
davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga to‘liq qaytib kelmaydi, ya’ni u 
ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Masalan, soliq to‘lovchi bu yili davlatning sog‘liqni saqlash va maorif 
xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq 
to‘lovchilarning to‘lagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga ko‘rsatgan xilma-xil xizmatlari 
(mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni o‘rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) 
orqali o‘zlariga qaytib keladi. 
Soliqlar iqtisodiy kotegoriya bo‘lganligidan to‘lovchilar va byudjeto‘rtasida daromadlar 
taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq 
to‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishningma’lum 
chegarasi mavjud. Bu haqda yirik iqtisodchi olimlar va davlat arboblario‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan. 
Uni davlat, shu bilan birga soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi 
faoliyatini hisobga olibsoliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni 
rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli 
moliyaviy resurslar to‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlar mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat 
o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak bu yerda 
iqtisodiy munosabat ya’ni pul munosabati mavjuddir. 
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishsh sharoitida ikki holat bilan 
ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, 
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari 
ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga 
mos kelmaydigan vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bugungi kunda respublikamizda turli xil 
mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqdalar. O‘larning faoliyatiga 
davlatning ha deb aralashuvini yoqtirmaydi, qabul qilmaydi. Chunki, bozor iqtisodiyoti erkin 
iqtisodiyot, bu yerda har bir xo‘jalik sub’ekti erkin faoliyat ko‘rsatadi, butun faoliyatiga o‘zi javob 
beradi. Davlatning ular faoliyatiga aralashuviga faqat qonun yo‘li bilan, ya’ni soliqlar orqali bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga bizning 
respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasini tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga 
oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq 
mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan 
qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam 
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘zbekiston davlati jamiyat 
a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab 
turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi. Qolaversa, davlat fuqarolar xafvsizligini 
saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham 
ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular 
uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin