Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun, soliq to‘lovchida qabul qilingan mehnatga haq to‘lash 
shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan 
holda hisoblangan ish haqi; 
2) kasb mahorati, murabbiylik, ilmiy daraja, faxriy unvon uchun tarif stavkalari va maoshlarga 
ustamalar; 
3) ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ustamalar hamda qo‘shimcha to‘lovlar, shu 
jumladan: 
a) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish 
kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalari hamda maoshlarga 
ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; 
b) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va muayyan 
lavozimda vaqtincha ishlab turganlik, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar; 
v) og‘ir, zararli, o‘ta og‘ir va o‘ta zararli mehnat sharoitlarida hamda tabiiy iqlim sharoitlari 
noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha shunday 
sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga qo‘shiladigan ustamalar; 
g) aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda 
kechadigan yoki ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan xodimlarning ish haqiga, soliq 
to‘lovchining joylashgan yeridan jo‘nab ketish paytidan u yerga qaytib kelish paytigacha yo‘ldagi 
har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; 
d) qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlashda, shuningdek qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda vaxta usulida ishlarni bajarishda bevosita band bo‘lgan xodimlarga 
harakatlanish va joydan joyga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar uchun ustama; 


235 
e) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning to‘kindi uyumdan (otvaldan) 
ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti 
uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; 
j) mehnatga haq to‘lashni hududiy jihatdan tartibga solish, shu jumladan hududiy 
koeffitsientlar hamda cho‘l, suvsiz va baland tog‘li hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladigan ishlar uchun koeffitsientlar bilan bog‘liq to‘lovlar; 
z) soliq to‘lovchi joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga 
qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan (ishlar vaxta usulida bajarilganda) yo‘lga 
ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining 
aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to‘lanadigan 
summalar; 
i) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga 
olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining 
belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan ularga beriladigan dam olish 
kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar; 
4) ishlanmagan vaqt uchun to‘lanadigan haq: 
a) qonun hujjatlariga muvofiq yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tillarga haq to‘lash, 
shuningdek ulardan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 
bekor qilinganda kompensatsiyalar to‘lash, o‘smirlarning imtiyozli soatlariga, shuningdek tibbiy 
ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash; 
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy iqlim 
sharoitlarida ishlaganlik uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilangan qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash; 
v) onalar bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga haq to‘lash; 
g) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga 
to‘lovlar; 
d) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin 
beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; 
e) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini 
bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash; 
j) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyi bo‘yicha mansab maoshi miqdorlari ma’lum bir 
muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib 
turganda xodimlarga maoshlardagi farqni to‘lash; 
z) xodimning aybi bilan yuz bermagan bekor turib qolishlar, yaroqsiz mahsulot uchun haq 
to‘lash; 
i) xodimlarga malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida ishdan ajralgan holda 
o‘qigan vaqtlarida asosiy ish joyi bo‘yicha ish haqi to‘lash xarajatlari; 
k) mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yoki soliq to‘lovchining qaroriga binoan 
majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash; 
l) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron 
bolasi bo‘lgan ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 
haq to‘lash; 
m) vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
belgilangan ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq to‘lash; 
n) kasb kasalliklari bilan bog‘liq nafaqalar to‘lash; 
5) rag‘batlantirish tusidagi quyidagi to‘lovlar: 
soliq to‘lovchining mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarida nazarda tutilgan to‘lovlar; 
yillik ish yakunlari bo‘yicha taqdirlash, ko‘p yil ishlaganlik uchun taqdirlash va to‘lovlar; 
6) soliq to‘lovchining shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular fuqarolik-huquqiy tusda 
tuzilgan shartnomalar, shu jumladan agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob soliq 


236 
to‘lovchi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlar bajarganligi uchun haq 
to‘lash; 
7) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar; 
8) qonun hujjatlariga muvofiq bepul beriladigan, shaxsiy foydalanishda qoladigan 
buyumlarning (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlanish) qiymati yoki ular 
pasaytirilgan narxlarda sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi; 
9) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda mehnat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo‘shatish 
nafaqasi va boshqa to‘lovlar. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan 
hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qo‘llanilishi maqsadida 
amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi. 
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari 
va boshqa tabiiy resurslar); 
2) mahsuldor chorva mollari; 
3) kutubxona fondi; 
4) muzey qimmatliklari; 
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar; 
6) arxitektura yodgorliklari; 
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari; 
8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk; 
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar. 
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyaning 
quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi: 
Gur
uhlar 
tarti

raqa
mi

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin