Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan
belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON
va
YaN
turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat
jadvallari asosida o‘tkaziladi.
YaN
semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
JN
va
ON
nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda
qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq
nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda
JN
va
ON
turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy
balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuni joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha
to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e'lon qilingan vaqtdan
boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet
dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a'zodan kam bo‘lmagan tarkibda
apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu
kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda
rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va
monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: