paydo bo‘lish jarayoni 5. Tahliliy funksiya xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini
tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan
xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi
munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur
ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha turlaridan foydalanish,
ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga
o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, opyerativ boshqaruv, boshqaruv
qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faolitini prognozlashda
buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.
1.6. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda «biznesning tili», rivojlangan
bozor ishtirokchilarining muloqat qiladigan umumiy tili deb e'tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan
foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya'ni tadbirkorlar «o‘qiy oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik
yurituvchi subekt to‘g‘risidagi axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob axborotlaridan foydalanuvchilar
doirasining manfaatlari shakllanadi. Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga
qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo manfaatlar xilma-xilligidan kelib
chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga quyilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa,
boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi birovlarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z
vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar talablarining