2 MAVZU. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA,BAHOLASH VA
KAL`KULYATSIYA
2.1.Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash
Buxgalteriya hujjati
- bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir
bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan
yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan
tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kyerak.
Hujjatlashtirish
buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni
xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir
bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir
.
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan
iqtisodiy
va h
uquqiy
ahamiyatga ega.
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni olish, xo‘jasizlik hollarini
aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir.
To‘g‘ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste'mol qilish hollarini aniqlabgina
qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy
ahamiyatga ham egadir. O‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik
muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo‘jalik
yurituvchi subektlar va shaxslar bilan da'volar va har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil
sifatida, hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalasining sodir
bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda ishonchliligini tekshirishda
muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun
hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q
degan qoida
har bir buxgaltyer uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning yo‘qligi yoki
noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z xodimlari, investorlari,
aksiyadorlari, davlat nazorat (ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib
kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin:
—
to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan;
—
xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan.
Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tekshirishni bilish –
buxgaltyerlarning malakali ishlashini asosidir.
Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan
tartibga solinadi:
1)
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (7,8-moddalar)
2)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘risida»gi qonuni
3)
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi qonuni
4)
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom. (O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan)
Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish uchun hujjatlarda sodir
bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks
ettiriladigai bunday ma’lumotlarga
Dostları ilə paylaş: