70% gacha trotil 20-25% gacha suv 6-10% gacha bo’lib uning harorati 55
0
C dan
kam bo’lmasligi shart.
Karbatol portlovchi moddasi va ifzanit portlovchi moddalari ammiakselitra,
trotil va ammiakselitra eritmasidan tarkib topgan bo’lib, o’ta mustahkam tog’
jinslarida portlash ishlari olib borishga mo’ljallangan.
Emulsiyali portlovchi moddalar bugungi kunda eng istiqbolli portlovchi
moddalardan biri hisoblanadi. Ushbu portlovchi moddaning tarkibi ammiakli
selitra, dizel yoqilg’isi hamda emulsiya aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya
aralashmasidan tarkib topgan. Emulsiya ammiakli selitra suvdagi eritmasini
qaynatish va uning tarkibiga har xil qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan
tayyorlanadi. Polein kislotasi oynaning mayda zarrachalari qo’shiladi.
3-guruh z
aryadlariga 3KП va 3KM turkumiga kiruvchi kumulyativ
zaryadlar kiradi. Ushbu zaryadlar massasi 180 gr dan 4000 gr gacha bo’lib uzunligi
90 dan 250 mm gacha va balandligi 35 dan 115 mm gacha bo’lib, maksimal
o’lchami 208 m gacha yoki 7 m
3
gacha hajmdagi nogabaritlarni maydalashga
mo’ljallangan.
4-guruh
portlovchi moddalariga maxsus patronlar ichiga joylashtirilib
tayyorlangan detonatorlar kiradi. Ushbu detonatorlar trotil, tetril pentalit hamda
trotil va geksogen aralashmalaridan tayyorlanadi. Ularning massasi 150 gr dan 530
gr gacha bo’lib diametric 50-70 mm gacha balandligi 50-101 mm gacha bo’ladi.
Patron ichidagi portlovchi modda zaryadining zichligi (
𝜌
) 5 – 1,68 gr/sm
3
gacha
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: