Sanoat portlovchi moddalar qo'llanish sharoiti bo'yicha saqlagichli va
saqlagichsiz portlovchi moddalarga bo'linadi . Ular o' z navbatida 8 ta sinfga
bo'linadi.
1-sinf:
faqat ochiq kon ishlariga mo'ljallangan saqlagichsiz sanoat PM lari,
ushbu portlovchi moddalar belgisi tashqi qadog'ida oq rangli chiziq tortilgan
bo'ladi . Bu sinf 4 ta guruhga bo'linadi:
1 guruh:
mustahkam va o'ta mustahkam suvli tog ' jinslarida portlatish
ishlarini olib borishga mo'ljallangan suvga chidamli granulali portlovchi
modddalar. Ushbu portlovchi moddalarga alyumatol, granulatol, grammonit
50/50B, grammanit 30/70B misol bo’ladi.
2 guruh:
quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam va o' ta
mustahkam tog' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan, suvga
to'yintirilgan PMlar. Ularga akvatol, ifzanit, karbatol, emulsiali por tlovchi
moddalar misol bo'ladi .
3 guruh:
kar'yerlarda negabaritlarni ikkilamchi maydalash uchun
qo'llaniladigan kumulyativ tashqi zaryadlar .Ularga ЗКН ЗКП turkumiga kiruvchi
tashqi kumulyativ zaryadlar misol bo’ladi.
4 guruh:
sezgirligi past bo`lgan portlovchi modda zaryadlarini initsiyalash
uchun qo`llaniladigan oraliq detanatorlar. (Initsiyalash bu portlovchi moddaning
zaryadiida detanatsiyani qo`zg`atish).
2- sinf:
gaz va chang portlash havfi mavjud bo`lgan shaxtalardan
tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo`llaniladigan saqlagichsiz portlovhi
moddalar, ularning alohida belgisi tashqi qadog’ida qizil rangli chizig’i bo’ladi.
Ushbu sinf quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi.
1 guruh:
granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik
guruhlarga bo’linadi:
a)
Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’
jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B,
AC8B lar misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: