№15 49
yordam beradi. Hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida eshituv holatini baholashda
Xalqaro tasnif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ushbu tasnifga ko‘ra eshituvning
o‘rtacha pasayishi 500, 1000, 2000 Gs chastotalarda aniqlanadi.
Zaif eshituvning 1-darajasi – eshituvning pasayishi 40 db dan oshmaydi. Zaif
eshituvning 2-darajasi – eshituvning pasayishi 40 db dan 55 db gacha bo‘ladi. Zaif
eshituvning 3-darajasi – eshituvning pasayishi 55 db dan 70 db gacha bo‘ladi. Zaif
eshituvchilikning 4-darajasi – eshituvning pasayishi70 db dan 90 dbgacha bo‘lishi
bilan ifodalanadi. Eshituvning pasayishi 90 dbdan o‘tib ketsa, bunday holat «karlik»
deb tafsiflanadi.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi
tizimini yaratishda, bolalarni saralash mezonlarini belgilashda, differensial ta’limni
yaratishda, samarali ta’lim-tarbiya usullarini tanlashda R.M.Boskis (1963y)
klassifikasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. L.S.Vigotskiyning bola psixikasining
rivojlanishidagi birlamchi va ikkilamchi defektlar to‘g‘risidagi nazariyasiga
asoslanib, R.M.Boskis, eshitishdagi nuqsonlarni farqlash bo‘yicha pedagogik
tasniflash mezonlarini ishlab shiqdi.
1. Bola eshituv analizatorining buzilishi, kattalarning xuddi shunday
buzilishidan keskin farq qiladi. Katta kishilarning eshitishi pasaygan holda eshituv
yordamidagi nutqiy muloqot buziladi. Ilk davrda eshituvning pasayishi, bolalarning
psixik rivojlanishiga ta’sir etadi, rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarini keltirib
chiqaradi.
2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishini to‘g‘ri tushunish uchun,
ular tomonidan mustaqil ravishda nutqni egallash imkoniyatlarini hisobga olish
muhimdir.Eshituv qobiliyatining cheklanishi nutqning egallanishiga va to‘laqonli
nutqiy muloqotga to‘sqinlik qiladi. Og‘zaki nutqning orqada qolishi yoki umuman
yo‘qligi, yozma nutqning egallanishiga, o‘qiyotgan narsalarni tushunishiga, o‘z
fikrini yozma bayon etishiga, turli sohalardan bilim egallashiga yo‘l bermaydi.
3. Eshituv holati va nutq o‘zaro bog‘liqdir. Bir tomondan, eshituvning pasayishi
nutqning tabiiy ravishda o‘sishiga to‘sqinlik qiladi; ikkinchi tomondan eshitish
qobiliyatining to‘laqonli ishlatilishi bolaning nutqiy saviyasiga bog‘liqdir. Nutq
qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, eshituv qobiliyatidan foydalanish imkoniyatlari
shunchalik kengayadi.
4. Eshituv qobiliyati buzilgan bolalar eshituvning pasayishi va nutqiy saviyasiga
ko‘ra xilma-xil bo‘ladilar. Nutqning turli saviyada bo‘lishi quyidagi omillarga
bog‘liqdir: a) eshitishning pasayish darajasiga; b) nuqsonning paydo bo‘lishiga; v)
eshituv nuqsonining paydo bo‘lishidan keyinggi pedagogik shart-sharoitlarga; g)
bolaning alohida xususiyatlariga.
Ko‘rsatilgan omillarning har biri bolaning nutqini baholashda muhim
ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyati qanchalik ko‘p shikastlansa, nutqqa shunchalik