O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

2.4. GLOSSARIY 
BOSHQARUV SHAKLI
- bu huquqiy institut bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil 
etish tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning 
bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi.
VAZIR 
(arab. yuk ko’taruvchi) – o’rta asrlarda O’rta va Yaqin Sharq davlatlarida, 
shu jumladan, O’rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) 
boshlig’i. Yuqori mansabdor shaxs. V. hukumat a’zosi hamda ma’lum bir vazirlikni 
boshqaruvchi yuqori mansabdor shaxsdir. 
VAZIRLAR MAHKAMASI
– Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka
Qozog’iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy 
nomi. O’zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan 
bo’lib, “O’zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonunga 
binoan, u O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy 
sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro 
etuvchi hokimiyat organidir.
VAZIRLIK 
– ko’pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, ijtimoiy-
madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi. 
Yangi Vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash 
O’zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi – Oliy 
Majlis tomonidan tasdiqlanadi. 
DAVLAT BOSHQARUVI –
davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro 
etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo’lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu 
faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida 
qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta’minlash uchun 
farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin