46
saylanadi (Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSh, Argentina), yoxud
ko’p bosqichli saylovlar(Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko’pchilik
davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik
respublikalarida davlat
rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina,
Afrikaning ayrim davlatlarida).
DAVLAT QO’MITALARI
– (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan
sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun
mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6
may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q.
ning huquqiy holatini
belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI
– davlat organlari chiqaradigan
qonunlar va boshqa
huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga
oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda
nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n
yillikda
ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari,
biroq parlament nomidan ish
yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan,
Dostları ilə paylaş: