O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

FUQAROLIK JAMIYATI 
– har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy 
an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar 
e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat 
hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, 
insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, 
demokratik huquqiy jamiyat. 
HOKIMIYAT VAKILI 
– davlatning biror bir organining nomidan ish ko’rib, 
muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o’z vakolatlari 
doirasida ko’pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun 
majburiy bo’lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega 
bo’lgan shaxs.
HOKIMIYATLAR BO’LINISHI
– davlat nazariyasining asosiy 
printsiplaridan biri bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga 
bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi (ular 
bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham 
ajratiladi).
HUKUMAT
– davlatning oliy kollegial ijro etuvchi organi. Hukumat turli 
mamlakatlarda turlicha nomlanishi mumkin: Vazirlar kengashi (Frantsiya, Italiya, 
Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O’zbekiston), Davlat kengashi 
(XXR) va boshqalar. Hukumat 
partiyasiz
, bir partiyali va koalitsion bo’lishi 
mumkin. Prezidentlik respublikalarida (shunday organ konstitutsiyada nazarda 
tutilganlarida) Hukumatni prezident tuzadi, bunda u tayinlagan Hukumat a’zolaridan 
har biri qator mamlakatlarda (Belarus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’izistonda) 
parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.
HUQUQIY DAVLAT – 
davlat konstitutsiyaviy
-
huquqiy maqomining tavsifi 
sifatida amal qiladi va davlatning quyidagi tamoyillarga so’zsiz bo’ysunishini 
nazarda tutadi: xalq suvereniteti, inson huquqlari va erkinliklarining davlat 
tomonidan buzilmasligi, davlatning konstitutsiyaviy tuzum bilan bog’liqligi, 
konstitutsiyaning boshqa barcha qonunlar va qonunosti hujjatlaridan ustunligi, 
hokimiyatlarning bo’linishi, huquqiy davlatning tashkiliy negizi bo’lgan 
hokimiyatning organlari va davlat xizmatchilarining javobgarligi instituti, milliy 
huquq normalaridan xalqaro huquq normalarining ustunligi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin