Belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


O‘quvchilar bilimini baholashning darajalari



Yüklə 264,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.12.2023
ölçüsü264,55 Kb.
#170515
1   2   3
5Goqmv0zXBSVoc7du6qeSDoeKnk4NjgNhBzT9HVm

O‘quvchilar bilimini baholashning darajalari

O‘quvchilar bilim teranligining 4 ta darajasi baholanadi. 

1-daraja-eslash va tassavurda tiklash;

2-daraja- ko‘nikma va tushuncha; 

3-daraja - strategik fikrlash; 

4-daraja- chuqur fikrlash. 
1-darajali testlarda o‘quvchidan o‘rgatilgan bilimni eslash, aniqlash, tanlash 
so‘raladi.
To‘g‘ri javob bitta bo‘ladi.
O‘rgatilgan formula va qoidalardan 
foydalanib algoritm asosida yechiladi. 
Хоtirа: dalil, ta’rif, atama yoki oddiy amalni, algoritmni bajarish, 
formulani qo‘llash singari ma’lumotlar haqidagi xotirani o‘z ichiga oladi. 
Shunday qilib, fizikada oson ta’riflanadigan bir bosqichli va
algoritmik amal ushbu eng pаst darajaga kiritilishi kerak.
Darajaning kalit so‘zlari: “аniqlang”, “eslang”, “ishlating”, 
“o‘lchang”, “ta’riflang”. 
2-daraja.
Ko‘nikma, tushuncha odatdagi javobdan tashqari ba’zi aqliy ishlarni 
o‘z ichiga oladi. Agar birinchi darajada o‘quvchilar mexanik tarzda javobni 
ko‘rsatib berishlarini, ma’lum algoritmni bajarishlari yoki aniq belgilangan bir 


qator qadamlarni (bosqich) bajarishlari talab etilsa, baholashning 2-darajasida 
o‘quvchilar muammo yoki faoliyatga qanday yondoshish kerakligi haqida ba’zi 
qarorlarni qabul qilishlari talab etiladi. 
2-darajali topshiriqlarda ajratib ko‘rsatadigan kalit so‘zlarga 
“tasniflang”, “tashkil qiling”, “baho bering”, “kuzatishlar olib boring”, 
“ma’lumotlar yig‘ing va ko‘rsating” va “ma’lumotlarni taqqoslang” kabi fe’llar 
kiradi. Bu harakatlar bir necha bosqichni ko‘zda tutadi. 
2-darajaning boshqa amallari belgilovchi yoki ta’riflovchi 
noan’anaviy namunalarni o‘z ichiga oladi. Eksperimental amallarning maqsadi va 
ishlatilishini, ularning bajarilishini, kuzatish va ma’lumotlar yig‘ishni, 
ma’lumotlarni tasniflash, tartibga solish va taqqoslashni, jadvallar, grafiklar va 
diagrammalarda berilgan ma’lumotlarni tartibga solish va tasvirlashni tushuntiradi. 
3-daraja
3-darajali testda mulohaza yuritish, rejalashtirishni talab qiladi.
Javoblar bir 
nechta turlicha va asoslangan bo‘lishi lozim.
Dalillar keltirish, mantiqiy farazlarni 
rivojlantirish, hodisalarni tushuntirish, murakkab muammoni hal qilish uchun 
qo‘llanadigan qarorni o‘z ichiga oladi. 
Strategik fikrlash – mushohada oldingi darajalarga nisbatan dalil-
isbotlar va fikr yuritishning bir muncha yuqori darajasi bo‘lib, mulohaza yuritish, 
rejalashtirishni talab qiladi.
Ko‘pincha o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarini bayon etishlari talab etiladi. 
o‘quvchilar faraz qilishini talab qiladigan amallar ham shu darajaga kiradi. 3-
darajada talablar murakkab va mavhum.
Murakkablik faktdan kelib chiqmaydi, 1- va 2-darajalar uchun 
ko‘pgina javoblar, imkoniyatlar bor, masala bittadan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
javobga ega bo‘ladi, boshqa amallari kuzatuvlardan xulosa qilishni; tushunchalar 
foydasiga dalillar keltirish va mantiqiy farazlarni rivojlantirishni; hodisalarni 
tushuntirishni; murakkab muammoni hal qilish uchun qo‘llanadigan qarorni o‘z 
ichiga oladi. 
4-daraja.
4-darajali testda topshiriq va muammolar turli manbalardan olingan 
ma’lumotlar yordamida hal etiladi. Javoblar turlicha va asoslangan bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlar solishtirilib, analiz va sintez qilinib, xulosa chiqariladi. Topshiriqni
bajarish 1 soatdan ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Keng dunyoqarash, uzoq vaqt 
davomida keng kompleks mulohaza yuritish, rejalashtirish, qarashlarni 
rivojlantirishni talab etadi. Agar talab qilinadigan ish faqat takroriy bo‘lib, muhim 
konsteptual tushunchani va yuqori darajadagi qarashlarni qo‘llashni talab qilmasa, 
vaqt chegaralanmaydi 


Masalan, agar o‘quvchi har kuni daryo suvining haroratini bir oy 
davomida o‘lchashi, keyin esa grafik tuzishi kerak bo‘lsa, bu 2-daraja deb 
tasniflanadi. Ammo agar o‘quvchi ko‘plab o‘zgarishlarni hisobga olishni talab 
qiladigan daryoni tadqiq etish grafigini tuzishi kerak bo‘lsa, bu ish 4-darajaga 
kirardi. 4-darajada topshiriqning anglash va bilish talablari yuqori va ish ham juda 
murakkab bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar bir necha bog‘liqlikni o‘rnatishi – shu predmet bo‘yicha 
yoki predmetlararo g‘oyalarini bog‘laydilar va shunday yuqori darajada bo‘lish 
uchun masalani qanday hal qilish kerakligi haqidagi bir necha muqobil 
yondashuvlar ichidan bittasini tanlashi kerak bo‘ladi.
4-daraja amallari loyihalash hamda eksperiment va loyihalashni 
amalga oshirishni, kashfiyot va u bilan bog‘liq tushunchalar va hodisalar o‘rtasida 
aloqa o‘rnatib, farazlarni rivojlantirish va isbotlashni, g‘oyalarni yangi 
tushunchalarga birlashtirib sintez qilishni, eksperimental rejalarni tanqid qilishni 
o‘z ichiga oladi. 
1. Hajmlari teng bo‘lgan 3 ta po‘lat sharcha suvga botirilgan. Sharchalarga 
ta’sir etuvchi itaruvchi kuchlar bir xilmi? (1-
daraja) 
A.
Ha, chunki barchasi po‘latdan 
B.
Ha, chunki hajmi bir xil 
C.
Yo‘q, chunki massasi har xil
D.
Ha, chunki zichligi bir xil 
2. Grafikda rasmdagi suzish havzasiga 
to‘ldiriladigan suv hajmining vaqtga bog‘liqligi 
keltirilgan.
1-topshiriq: Berilgan formulalar ichidan suzish havzasiga to‘ldiriladigan suv 
hajmining vaqtga bog‘liqligini ifodalovchi formulani ko‘rsating. (1-daraja) 
A) V=100 t 
B) V=200 t 
C) V=400 t D) V=600 t. 
2-topshiriq: Suzish havzasiga 4 soatda to‘ldiriladigan suvning hajmi, 5 
soatda to‘ldiriladigan suv hajmining qancha foizini tashkil qiladi? (1-daraja) 
Javob: 80 %. 
3-topshiriq: Suzish havzasida 200 m
3
suv bor bo‘lsa, yana qancha vaqtdan 
so‘ng suv havzasi to‘la holatga keladi? (2-daraja) 


Javob: 4 soat. 
3. Маrina mashinada yo‘lga chiqdi. Harakat vaqtida yo‘ldan mushuk chiqib 
qoldi. Marina birdan tormozni bosdi va mushukni aylanib o‘tdi. Bu hodisadan 
hayajonlangan Marina uyga qaytishga qaror qildi. Quyidagi grafikda harakat 
tezligining soddalashtirilgan grafigi keltirilgan. 
1-topshiriq: 
Harakat 
davomida eng katta tezlik qanday? 
(1-daraja) 
2-topshiriq: Marina tormozni 
bosganda soat necha bo‘lgan?
(2-daraja) 
3-topshiriq:
Marina uyga 
qaytganda bosib o‘tgan yo‘l
mushukni uchratguncha bosib o‘tgan yо‘ldan qisqa bo‘lganmi? Javobni grafikda 
keltirilgan ma’lumotlar yordamida izohlang. (3-daraja) 
4-topshiriq:
Marina mushukdan qo‘rqmaganda grafik qanday bo‘lishi 
mumkin edi? Varintlar keltiring. (3-daraja) 

Yüklə 264,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin