56
olib boorish sur’atni ko’tarish, raqibni o’yinini
olib boorish uchun
mo’ljallangan rejadan voz kechishga majbur qilish mumkin.
Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima
otish maydonchasining yarim doyrasiga
chiqarilgan markaziy
o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p
olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa – yo’n tomondan ta’qib qila boshlash
kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga
qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini
ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak.
Zonali pressing.
Buning
mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan
o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin
bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib
maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar
III yoki IV mintaqada kirib kelganda
zona pressingi vaqtincha
birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul
qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki
jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan
jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi.
Maydon
burchaklarida to’pli hujumchiga guruh bo’lib to’pni olish uchun
hujum qilinadi.
Zonali pressingning afzalligiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
a) raqib
uchun kutilmaganlik;
b) raqib jamoaning to’pni juda yaxshi olib yuruvchi etakchi
o’yinchilariga butun maydon bo’ylab
qarshi harakat imkoniyati;
v) o’yinchiga ta’sir etib to’pni noto’g’ri uzatish, qoida buzishga
olib keluvchi, to’pni guruh bo’lib olib qo’yishni muntazam qo’llash;
g) bir-birini straxovka qilishni yengillashtiruvchi va to’pni olib
qo’yishga chiqqanda tavakkalga yo’l qo’yuvchi butun maydon bo’lab
barqaror himoya muvozanati;
d)aniq paytda (vaziyatda) hamjihatlik va harakat qilish
qoidalarining oddiy va oydin tushunarliligi.
Dostları ilə paylaş: