Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

Taqrizchilar: 
Uraimov Sanjar Ro‘zimatovich
– FarDu, Aniq va tabiiy fanlar
kafedrasi mudiri, PhD.
Dosent 
Norqulov Doniyor Raxmiddinovich 
– Jismoniy tarbiya va 
sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi 
va uslubiyati” kafedrasi p.f.b.f.d(PhD) Dosent
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 
2023 yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug’iga asosan nashrga ruxsat berilgan.
№ 391152 



Kirish 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidyonti SH.M.Mirziyoyevning 2018 
yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoniga 
asosan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, 
ayniqsa, yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun 
zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning halqaro 
sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy - iqtisodiy hayotidagi tub islohotlar ta’lim 
tizimi oldiga yangidan - yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Davr kadrlar 
tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda rivojlantirishni talabi har 
tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash 
davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Milliy 
istiqlol g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida ishlab chiqilgan har qanday 
qо‘llanma uzviyligi bilan davlat ta’lim standarti talablariga javob berish 
kerak. Jumladan, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash bosh maqsad 
bo‘lishi kerak. Ushbu о‘quv qо‘llanmada sport mahoratini oshirish 
fanidan basketbol sport o‘yinlarini mashq qildirishning maqsad va 
vazifalari, metodlari, tayyorgarlik turlari, jismoniy tayyorgarlik, texnik va 
taktik tayyorgarlik mazmuni, jismoniy tarbiya darslarida basketbol 
bо‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va о‘tkazish metodlari haqida 
ma’lumot berish, talabalarni sport о‘yinlarini tashkil qilish jarayonida 
mashqlar texnikasi, о‘yin texnikasi va taktikasini о‘rgatishni 
takomillashtirish, mazkur sport turlari bо‘yicha mahoratini oshirish va 
musobaqalar о‘tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy kо‘nikma hamda 
malakalarini oshirish va takomillashtirishdan iborat.
Ushbu о‘quv qо‘llanma amaldagi DTS, о‘quv rejasi, о‘quv fan 
dasturiga muvofiq tayyorlangan. Albatta, sport nazariyasi uslubiyati va 
amaliyoti kundan-kunga о‘zgarib borishi tabiiy hol. Binobarin, о‘quv 
qо‘llanmada kо‘zga tashlangan ayrim kamchiliklar haqida о‘z fikr-
mulohazalaringizning bildirilishi navbatdagi darslik ishlab chiqishda 
foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin