11
birinchiligi o`tkazildi. Bu musobaqalarda 7 ta jamoa qatnashib,
U.Orifxonov, M.Toyirxo`jayev, U.Mirzaahmedov, Ch.Botishev,
R.Sodiqov,
B.G`afurov,
R.Odilov,
A.Shermuhammedovlardan
tashkil topgan, Toshkent shahri jamoasi birinchi o`rinni, Samarqand
shahri ikkinchi va Toshkent viloyati jamoasi uchinchi o`rinni
egalladi. 1950-yilda Frunze shahrida basketbol bo`yicha O`rta Osiyo
respublikalarining uchinchi an’anaviy musobaqalari o`tkaziladi.
Unda o`zbek basketbolchilari g`olib chiqadilar.
1951-yilda o`smirlar o`rtasida O`rta
Osiyo birinchiligi birinchi
marta o`tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar birinchi o`rinni
egalladilar.
Respublikamiz terma jamoasi Xarkov shahrida o`tkazilgan Sobiq
Ittifoq terma jamoalari o`rtasida o`tkazilgan o`yinlarda qatnashib, VII
o`rinni egallaydi. Xullas, 1946-1960-yillar respublika basketbol
o`yinining rivojlanishida muhim bosqich bo`ldi.
1960-yildan boshlab O`zbekistonda basketbolning rivojlanishida
yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko`pgina
yangi musobaqalar
tashkil qilindi, sport mashg`ulotlarini yil bo`yi muntazam olib borish
yaxshi yo`lga qo`yildi.
1960-1966 yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi va shu
jamoa bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori
natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari 1961-yildan
boshlab sobiq Ittifoq
chempionatining «A» toifasi bo`yicha musobaqalarda qatnashish
huquqiga ega bo`ldilar.
1962-yilda sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoasi
7-o`rinni egalladilar. Jamoaning bu muvaffaqiyati sobiq Ittifoqda
xizmat ko`rsatgan murabbiy L.K.Velichkoning nomi bilan bog`liq.
Yana
shunisi
quvonarliki,
jamoa,
asosan,
respublikamizda
tarbiyalangan basketbolchilardan tashkil topgan edi.
O`zbekiston basketbolining bir necha
vakillari sobiq Ittifoq
terma jamoalari a’zolari sifatida musobaqalarda muvaffaqiyatli
qatnashib keldilar. Ikki marta Jahon va Yevropa chempioni,
sobiq
Ittifoqda xizmat ko`rsatgan sport ustasi R.Salimova (Prokopenko),
12
qizlar o`rtasida Yevropa chempionlari, sport ustalari T.Volkova va
T.Xabibulina, Olimpiada o`yinlari, Jahon va Yevropa chempionlari
A.Jarmuhammedov va Ye.Tornikidu, xalqaro
toifadagi sport ustasi
Ye.Kovalenko,
sport
ustalari
G.Avdeyev,
I.Borodachev,
N.Buzlyakov, D.Suxarev va R.Abelyanovlar shular jumlasidandir.
1968-1978-yillarda o`tkazilgan respublika birinchiliklarida
Toshkent
shahrining
jamoalari
hamon
kuchlilikni
qo`ldan
bermadilar. Toshkent, Farg`ona,
Samarqand, Andijon, Buxoro
viloyatlari jamoalari sovrinli o`rinlarni egallab keldilar.
O`zbekistonning eng kuchli erkaklar jamoasi 1973-yilda «A»
toifasining I- guruhiga kiradi, 1974-yili shu guruhda 3-o`rin, 1975-
yili 7-o`rin, 1976-yili 9-o`rin, 1977-yili 18-o`rin, 1978-1979-yillari 4-
o`rin, 1979-1980-yilda 1-o`rinni egallaydi va oliy ligaga chiqadi.
1980-1981-yilda oliy ligada 12-o`ringa muvofiq bo`lib,
yana I-
guruhga qaytdi. 1981-1982-yilda birinchi guruhda birinchi o`rinni
egallab, yana oliy ligaga yo`llanma oladi, 1982-1983-yil 9-o`rin,
1983-1984-yil 5-o`rin, 1984-1985-yil 10-o`rin, 1985-1986-yil 12-
o`rin va birinchi guruhga chiqib ketadi. 1986-1987-yil birinchi
guruhda 10-o`rin, 1987-1988-yil birinchi guruhda 9-o`rin, 1988-
1989-yil 9-o`rin, 1989-1990-yil oxirgi o`rin, 1990-91 yil oliy ligaga
chiqish va 1991-1992 yil birinchi ligaga qaytish.
Shu
yillari
jamoa
murabbiylari
bo`lib
A.I.Adisman,
A.Y.Karaulin, V.N.Semin, S.S.Gavrilov, S.A.Alpatov, V.A.Silkin,
A.V.Vlasov ishlaganlar.
Dostları ilə paylaş: