7
etiladi. Bu hodisa unutilmas voqea bilan – basketbolni sportning
olimpiya turidagi o`yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir
bo`ladi. Basketbol texnikasi va taktikasiga yengilliklar kiritildi.
IV bosqich 1948-1965-yillarni o`z ichiga oladi. Bu yillarda
butun dunyoda basketbol o`yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay,
muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining
o`sishi ham ana shu davrga to`g`ri keladi. To`pni bir qo`l bilan otish
qoidasi paydo bo`ladi, raqibning hujumiga qarshi o`zini himoya
qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab usullar paydo bo`ladi.
Mini-basketbol o`yini vujudga kelib, dunyo bo`ylab tarqala
boshlaydi.
V bosqich 1966-1990-yillarda milliy federatsiyalar soni ortadi.
Milliy professional basketbol uyushmalari (MBA) paydo bo`ladi.
Basketbolchilarning xalqaro aloqalari mustahkamlanadi, o`yin
texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar
qoidasi va hakamlik usuliyati takomillashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: