Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

 
 
1.3 O`ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISh 
TARIXI 
O`zbekiston hududida basketbol 1913-1914-yillarda tarqala 
boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo, o`lkamizda basketbol 
faqat 1920-yillardan keyingina chinakamiga rivojlana boshladi. 
O`zbek jismoniy tarbiyachilarining basketbol o`yini bilan tanishishi 
Vseobuch vakili L.Barxashning nomi bilan bog`liq. O`zbekiston hali 
Sovet Ittifoqi tarkibiga qo`shilgandan keyin, 1920-yilda L.Barxash 
Farg`ona (Skobelev) shahrida birinchi bor basketbolchilar jamoasini 
tuzadi. U o`yinchilarni o`yin qoidalari bilan tanishtirib, ko`rgazmali 
o`yin o`tkazadi. Har bir jamoada 9 kishidan iborat o`yinchi bo`lib, 
ular 28x16 metrli maydonda o`ynar edilar. Maydon ko`ndalang 
chiziqlar bilan uch qismga bo`linib, basketbolchilar uch himoyachi, 
uch yarim himoyachi va uch hujumchiga ajratilardi. Ular o`z 
chiziqlarida o`ynab, to`pni savatga ikki qo`l bilan pastdan otar
edilar.
 



Toshkent shahrida basketbol jamoasini birinchi bo`lib harbiy 
maktab 
o`qituvchisi 
S.Starshiy 
tashkil 
qildi. 
P.Taranov, 
A.Bogachenkov, Yu.Belotserkovskiylar shu jamoa a’zosi edilar. Bu 
yerda birinchi o`yin 1920-yilning sentabr oyida «Vseobuch» 
maydonida bo`lib o`tdi. Har bir jamoa tarkibida beshtadan o`yinchi 
bo`lib, o`yin futbol to`pi bilan olib borilgan. Savat sifatida 
maydonning ikki qarama-qarshi tamonida o`rnatilgan langarga osib 
qo`yilgan tagi olib tashlangan chelaklardan foydalanilgan. 1920-
yilning yozi va kuzida bir necha ko`rgazmali o`yinlar o`tkazilgan edi. 
Yangi o`yinda ayol-qizlar ham ishtirok eta boshlashdi. 1920-yilning 
sentabr oyida Andijon shahrida jismoniy tarbiya yo`riqchisi 
I.Blutskiy boshchiligida ayollar basketbol jamoasi tashkil etiladi. 
Qizlar unga «Sokol» («Lochin») nomini berishgan edi. O`yin 
tashabbuskorlari bo`lib opa-singil T.va I.Mixaylovalar, I.Voronkova, 
Z.Torokova, 
L.Dzvenskaya, 
A.Abramova, 
D.Shaporenko 
va 
boshqalar jonbozlik ko`rsatganlar, bir oz vaqt o`tib, ularning soni 17 
taga yetdi.
Basketbol to`garaklari keyinchalik Namangan, Samarqand va 
respublikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika, zavod 
hamda boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshladi. 1924-yilda 
Sirdaryoda o`tkazilgan viloyat olimpiadasi dasturiga basketbol o`yini 
birinchi marta kiritiladi. Musobaqalar 1922-yildagi Moskva qoidalari 
asosida o`tkaziladi. O`yin vaqti 40 minut bo`lib, har bir jamoa 5 
kishidan iborat edi (ikkita hujumchi, markaziy o`yinchi va ikkita 
himoyachi). Faqatgina markaziy o`yinchi himoyaga qaytib kelar edi, 
o`yinda yesa hech qanday murakkab harakatlar qo`llanilmasdi. 
Jarima to`plarini otish jamoaning bitta o`yinchisi zimmasida bo`lardi. 
O`yin 
davomida 
basketbolchini 
faqat 
jarohatlanganidagina 
almashtirish mumkin yedi. Maydon markazida dastlabki to`p otishda 
qatnashayotgan basketbolchilar bitta qo`llarini orqalariga qilib 
turishlari, jamoalarning hujumchilari esa old zonaga o`tib turishlari 
lozim edi. Basketbolchi bir joyda turib to`pni uch soniyadan ortiq 
tutib turishi ta’qiqlanardi. To`pni savatga ikki qo`l bilan pastdan va 
bir qo`l bilan yelkadan otish keng qo`llaniladigan usullardan bo`lib 



hisoblangan. 
Olimpiadada 10 ta erkak va 4 ta ayollar jamoalari qatnashdi. 
Erkaklar orasida eng kuchlilar safida Toshkentning birlashgan 
maktabi (TBM) va talabalar sport klubi (TSK) hisoblangan edilar. 
Ayollar orasida TSK peshqadamlik qildi. Erkaklar orasida, shartli 
ravishda, TBM va TSK g`olib deb topildilar, chunki bular orasidagi 
o`yin natijasiga norozilik bildirilgan edi.
O`rta Osiyo hududida bir necha respublika tashkil etilgach, 
1925-yildan boshlab respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning 
jumladan, basketbolning ham rivojlanishida ma’lum iz qoldiradigan 
ishlar olib borildi. 
Respublika bo`ylab keng tarqalayotgan basketbol o`yini 1927-
yilda Butun o`zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadada 
Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Farg`ona terma jamoalari 
qatnashdilar. O`yinlar chiqib ketish usuli bilan o`tkazilgan: bir 
o`yinni yutqazgan chiqib ketadi. 
1928-yilda II Butun o`zbek spartakiadasi bo`lib o`tdi. 
Spartakiadada Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari birinchi 
o`rinni egalladilar. Bu bellashuvda Moskvada o`tkaziladigan sobiq 
Butunittifoq spartakiadasiga qatnashadigan terma jamoa a’zolari 
aniqlandi. 
Bu spartakiada O`zbekiston basketbolchilari birinchi xalqaro 
uchrashuvni o`tkazdilar. Ular Fransiya terma jamoasi bilan 
uchrashib, 49:12 (erkaklar) va 24:12 (ayollar) hisoblari bilan g`alaba 
qozondilar.
 
1934-yili basketbol bo`yicha o`tkazilgan birinchi O`rta Osiyo 
spartakiadasida O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 
birinchi o`rinlarni egalladilar. 
O`zbekiston 
basketbolchilari 
1935-yilda 
Leningradda 
o`tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida qatnashib,erkaklar 

12,ayollar 11-o`rinlarni egalladilar. 
1939-yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari joriy 
etildi. Bu qoidalar halqaro musobaqalar qoidalariga munosib 


10 
tuzilgandi. 
Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan O`zbekiston jismoniy 
tarbiya tashkilotlari o`z ishlarini urush davri talablari asosida qayta 
tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, 
harbiy o`quv muassasalari tuzildi. 
1945-yilda Toshkentda III Butuno`zbek spartakiadasi bo`lib 
o`tdi. Spartakiadaning basketbol turnirida ayollar va erkaklarning 7 
tadan jamoalari qatnashdi. Birinchi o`rinni Toshkentning ayollar va 
erkaklar jamoalari egalladilar. 
1946-yilda Andijonda mahalliy millat erkaklarining jamoalari 
o`rtasida 
ikkinchi 
respublika 
chempionati 
o`tkazildi. 
Bu 
musobaqalarda respublikamizning 8 ta viloyatidan 50 ta kishi 
qatnashdi. Musobaqalar juda qiyin sharoitda: zalning kattaligi 
20x10.4 metr bo`lib, shit devorga mahkamlangan, yorug`lik 
manbalari o`rnatilmagan ahvolda o`tkazilgan edi. Qiziqi shundaki, 
musobaqa uchun Andijon shahrida faqat bitta basketbol to`pi 
topilgan edi. 
Bu 
musobaqalarda 
U.Bektemirov, 
U.Umarov, 
A.Shermuhammedov, 
A.Minovarxo`jayev, 
T.Isaxo`jayev, 
X.Sultanov va K.Musaxo`jayevlardan tashkil topgan Toshkent 
shahri 1-o`rinni egalladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin