talabgor — ijara to„lovining bir qismini qoplab berish to„g„risida komissiya tomonidan
ijobiy xulosa olgan talaba.
3. Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to„lovi bir qismini qoplab
berish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga
qo„yilgan ko„chmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza
beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ro„yxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza
beruvchilarga oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda,
ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo„lishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to„lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan
qat‟i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda —
bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to„lanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida
talabgorlar komissiya tomonidan aniqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Davlat oliy ta‟lim muassasalarining faqat kunduzgi ta‟lim shaklida (xorijiy hamkor oliy
ta‟lim tashkilotlarining qo„shma ta‟lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta‟lim olayotgan
talabalardan tashqari), davlat granti yoki to„lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat‟i nazar, ijara
huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
hisobidan qoplab beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)