42
usullarini bo`limlar va guruhlar bo`yicha teng huquqli taqsimlashidir.
Shunday belgilar qatoriga, eng avvalo, sport kurashidagi usulning
nimaga mo`ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya
qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to`p bilan yoki to`psiz),
shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi.
Basketbol o`yini ikki bo`limdan tashkil topgan turli texnik usullar
yordamida o`tkaziladi. Bu – hujum texnikasi va himoya texnikasi. Har
bir bo`lim hujum va himoyada qo`laniladigan texnik usullarning
guruhlaridan tashkil topadi. Usul guruhlari ularning har xil yo`llar bilan
bajarilishini o`z ichiga oladi. Oyoqlarni to`g`ri ishlata bilish va
chalg`itish usullari ikkala bo`limga ham qarashlidir. Usullarning ayrim
bajarilish yo`llari, o`z navbatida, bajarilish tavsifiga ko`ra bir-biridan
farq qiladi. Masalan, usulni bir joyda turib, harakatda bo`lganda yoki
sakraganda bajarish mumkin. Tavsiya qilinayotgan tasnifnomasida
chalg`itishlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki chalg`itish - bu aniq
usulning faqat bir qismini (masalan, to`pni uzatib berishda qo`l
ko`tarish), (savatga otish paytida mo`ljallash), raqibda xato tushunchasi
tug`dirish maqsadi bilan o`yinchi tomonidan bajarilishi va undan
foydalanib, boshqa usulni samarali qo`llash uchun qulay holatga
erishishdir.
O`yin texnikasi tavsifining asosiy tuzilishi quyidagi ko`rinishda
berilishi mumkin:
- texnika bo`limi – hujum texnikasi;
- texnika guruhi – to`pni egallash texnikasi;
- usul – to`pni savatga otish;
- bajarish usuli – yuqoridan bir qo`llab to`pni savatga otish
shakllari;
– gavdani orqaga tashlab (og`ishtirib);
- bajarish shartlari – to`xtagandan keyin, sakrab o`rtacha masofadan
to`pni savatga otish.
Basketbol texnikasi tasnifi shunday chizma bo`yicha tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: