Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Tayanch tushunchalar 
POK-ta-POK, basketbol , Jeyms Neysmit, bosqichlar, FIBA, MBA, 
Olimpiya o`yinlari,musobaqalar, qoidalar, O‘zbekistonda rivojlanishi, 
asoschilar, jamoalar, O`rta Osiyo o`yinlari, butun o‘zbek spartakiadasi, 
«A» toifa, mustaqillik, XOK, MOK.
Nazorat savollari 
 
1.Basketbolning dastlabki nomlanishi. 
2.Hozirgi zamon basketbol o`yini qachon va qayerda paydo bo`lgan? 
3.Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari. 
4.FIBAning tashkil topishi. 
5.Basketbolning rivojlanish bosqichlari. 
6.O‘zbekistonda qachon va qaysi hududlarda basketbol paydo 
bo`lgan? 
7.Ilk musobaqalarning o`tkazilishi. 
8.O‘zbekistonda basketbolning asoschilari. 
9.O‘zbekiston mustaqilligidan keyin basketbolning rivojlanishi
 
 
 


41 
IV. MAVZU:
BASKETBOL O`YIN TEXNIKASI VA 
TAKTIKASINING TASNIFI 
 
4.1 O`YIN TEXNIKASI TASNIFI. 
O`yin 
texnikasi 
– bu, musobaqaning aniq vazifalarini 
muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig`indisidir. 
«Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o`yin topshirig`ini 
bajarishga yo`naltirilgan va tuzilishi bo`yicha o`xshash bo`lgan 
harakatlar tizimi tushiniladi. U yoki bu usul qo`llaniladigan shart - 
sharoitlarning xilma - xilligi har bir usulni bajarish uslublarining 
shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi. 
Bu usul, avvalo, asosiy harakatlantiruvchi tuzilmaning kinematik, 
dinamik va ritmik tuzilmaning barqarorligi bilan tavsiflanadi. 
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davridagi sportchi texnikasi - 
bu o`yinchiga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og`ir 
vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng 
samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o`yin 
holatlarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun basketbolchi har xil 
texnik usullar va usullarning hammasini egallashi, eng to`g`ri keladigan 
usulni yoki usullarni tanlay olishi, ularni tez va aniq bajarishi kerak. 
Yuqori texnik mahorat belgilari:
1.berilgan o`yin topshiriqlarini va himoyaning ikki – uch eng yaxshi 
egallagan usuli bilan qo`shilishida mukammal bajarish uchun usul va 
usulning eng maqbul hajmini erkin egallash;
2.ko`rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi
3.halaqit beradigan omillar ma’lum darajada toliqish, ruhiy, 
keskinlik, og`ir tashqi sharoit va hokazolar ta’sirida usullarning 
bajarilishi barqarorligi; 
4.raqib qarshi harakatining aniq shakllariga qarab texnik usullar 
(fazalarini) qismlarini boshqara olish; 
5.usullarning bajarilishining ishonchliligi, bu ko`p kunlik musobaqa 
davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan, u o`yindan bu 
o`yingacha salbiy ta’sir etuvchi og`ishlarsiz aniqlanadi. 
Basketbol o‘yini texnikasini bir tartibda o`rganish uchun uning 
tasnifidan foydalaniladi. 
Texnika tasnifi - bu ma’lum belgilar asosida uning hamma uslub, 


42 
usullarini bo`limlar va guruhlar bo`yicha teng huquqli taqsimlashidir. 
Shunday belgilar qatoriga, eng avvalo, sport kurashidagi usulning 
nimaga mo`ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya 
qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to`p bilan yoki to`psiz), 
shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi. 
Basketbol o`yini ikki bo`limdan tashkil topgan turli texnik usullar 
yordamida o`tkaziladi. Bu – hujum texnikasi va himoya texnikasi. Har 
bir bo`lim hujum va himoyada qo`laniladigan texnik usullarning 
guruhlaridan tashkil topadi. Usul guruhlari ularning har xil yo`llar bilan 
bajarilishini o`z ichiga oladi. Oyoqlarni to`g`ri ishlata bilish va 
chalg`itish usullari ikkala bo`limga ham qarashlidir. Usullarning ayrim 
bajarilish yo`llari, o`z navbatida, bajarilish tavsifiga ko`ra bir-biridan 
farq qiladi. Masalan, usulni bir joyda turib, harakatda bo`lganda yoki 
sakraganda bajarish mumkin. Tavsiya qilinayotgan tasnifnomasida 
chalg`itishlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki chalg`itish - bu aniq 
usulning faqat bir qismini (masalan, to`pni uzatib berishda qo`l 
ko`tarish), (savatga otish paytida mo`ljallash), raqibda xato tushunchasi
tug`dirish maqsadi bilan o`yinchi tomonidan bajarilishi va undan 
foydalanib, boshqa usulni samarali qo`llash uchun qulay holatga 
erishishdir. 
O`yin texnikasi tavsifining asosiy tuzilishi quyidagi ko`rinishda 
berilishi mumkin:
- texnika bo`limi – hujum texnikasi;
- texnika guruhi – to`pni egallash texnikasi; 
- usul – to`pni savatga otish; 
- bajarish usuli – yuqoridan bir qo`llab to`pni savatga otish 
shakllari;
– gavdani orqaga tashlab (og`ishtirib); 
- bajarish shartlari – to`xtagandan keyin, sakrab o`rtacha masofadan
to`pni savatga otish.
Basketbol texnikasi tasnifi shunday chizma bo`yicha tuzilgan.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin