1946-yilda o‘zbek basketbolchilari sobiq Ittifoq birinchiligining II
guruhida qatnashib, ayollar – 6, erkaklar - 11 o`rinlarni egalladilar.
Biroq basketbol hali maktab o`quvchilari va talabalar orasida keng
ommalashmagan edi. Masalan, Toshkent shahrining talabalaridan faqat
556 kishi, maktab o`quvchilaridan 962 nafari basketbol seksiyalariga
qatnashardi.
So`ngi yillarda basketbol bo`yicha musobaqalar soni oshib bordi.
Mehnatkashlar jismoniy tarbiya bilan ommaviy ravishda shug`ullanishga
jalb qilinib, sport - texnika natijalarini yuksaltirish shiorlari ostida katta
ishlar olib borildi. Sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnashish natijalari hali
talabga javob bermasdi.
1947-yili mahalliy millat erkaklar jamoalari uchinchi respublika
birinchiligi o`tkazildi. Bu musobaqalarda 7 ta jamoa qatnashib,
U.Orifxonov,
M.Toyirxo`jayev,
U.Mirzaahmedov,
Ch.Botishev,
R.Sodiqov, B.G`afurov, R.Odilov, A.Shermuhammedovlardan tashkil
topgan, Toshkent shahri jamoasi birinchi o`rinni, Samarqand shahri
ikkinchi va Toshkent viloyati jamoasi uchinchi o`rinni egalladi. 1950-
yilda Frunze shahrida basketbol bo`yicha O`rta Osiyo respublikalarining
uchinchi
an’anaviy
musobaqalari
o`tkaziladi.
Unda
o‘zbek
38
basketbolchilari g`olib chiqadilar.
1951-yilda o`smirlar o`rtasida O`rta Osiyo birinchiligi birinchi
marta o`tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar birinchi o`rinni
egalladilar.
Respublikamiz terma jamoasi Xarkov shahrida o`tkazilgan Sobiq
Ittifoq terma jamoalari o`rtasida o`tkazilgan o`yinlarda qatnashib, VII
o`rinni egallaydi. Xullas, 1946-1960-yillar respublika basketbol
o`yinining rivojlanishida muhim bosqich bo`ldi.
1960-yildan boshlab O‘zbekistonda basketbolning rivojlanishida
yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko`pgina yangi musobaqalar tashkil
qilindi, sport mashg`ulotlarini yil bo`yi muntazam olib borish yaxshi
yo`lga qo`yildi.
1960-1966 yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi va shu jamoa
bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori natijalarga
erishdi. Jamoa a’zolari 1961-yildan boshlab sobiq Ittifoq
chempionatining «A» toifasi bo`yicha musobaqalarda qatnashish
huquqiga ega bo`ldilar.
1962-yilda sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoasi 7-
o`rinni egalladilar. Jamoaning bu muvaffaqiyati sobiq Ittifoqda xizmat
ko`rsatgan murabbiy L.K.Velichkoning nomi bilan bog`liq. Yana shunisi
quvonarliki,
jamoa,
asosan,
respublikamizda
tarbiyalangan
basketbolchilardan tashkil topgan edi.
O‘zbekiston basketbolining bir necha vakillari sobiq Ittifoq terma
jamoalari a’zolari sifatida musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib
keldilar. Ikki marta Jahon va Yevropa chempioni, sobiq Ittifoqda xizmat
ko`rsatgan sport ustasi R.Salimova (Prokopenko), qizlar o`rtasida
Yevropa chempionlari, sport ustalari T.Volkova va T.Xabibulina,
Olimpiada
o`yinlari,
Jahon
va
Yevropa
chempionlari
A.Jarmuhammedov va Ye.Tornikidu, xalqaro toifadagi sport ustasi
Ye.Kovalenko, sport ustalari G.Avdeyev, I.Borodachev, N.Buzlyakov,
D.Suxarev va R.Abelyanovlar shular jumlasidandir.
1968-1978-yillarda
o`tkazilgan
respublika
birinchiliklarida
Toshkent shahrining jamoalari hamon kuchlilikni qo`ldan bermadilar.
Toshkent, Farg`ona, Samarqand, Andijon, Buxoro viloyatlari jamoalari
sovrinli o`rinlarni egallab keldilar.
O‘zbekistonning eng kuchli erkaklar jamoasi 1973-yilda «A»
toifasining I- guruhiga kiradi, 1974-yili shu guruhda 3-o`rin, 1975-yili 7-
o`rin, 1976-yili 9-o`rin, 1977-yili 18-o`rin, 1978-1979-yillari 4-o`rin,
1979-1980-yilda 1-o`rinni egallaydi va oliy ligaga chiqadi.
39
1980-1981-yilda oliy ligada 12-o`ringa muvofiq bo`lib, yana I-
guruhga qaytdi. 1981-1982-yilda birinchi guruhda birinchi o`rinni
egallab, yana oliy ligaga yo`llanma oladi, 1982-1983-yil 9-o`rin, 1983-
1984-yil 5-o`rin, 1984-1985-yil 10-o`rin, 1985-1986-yil 12-o`rin va
birinchi guruhga chiqib ketadi. 1986-1987-yil birinchi guruhda 10-o`rin,
1987-1988-yil birinchi guruhda 9-o`rin, 1988-1989-yil 9-o`rin, 1989-
1990-yil oxirgi o`rin, 1990-91 yil oliy ligaga chiqish va 1991-1992 yil
birinchi ligaga qaytish.
Shu yillari jamoa murabbiylari bo`lib A.I.Adisman, A.Y.Karaulin,
V.N.Semin, S.S.Gavrilov, S.A.Alpatov, V.A.Silkin, A.V.Vlasov
ishlaganlar.
Dostları ilə paylaş: |