NAZORAT SAVOLLARI.
1. Harakatli o'yinlarni tashkillashda va o'tkazishda o'qituvchiga qo'yilgan
talablar nimalardan iborat?
2. O'yinni o'tkazish uchun kerakli shart-sharoitlar qanday bo'lishi kerak?
3. O'yinlarni tashkillash va o'tkazishga qo'yilgan pedagogik talablar
mazmuni nimalardan iborat?
4. O'yin o'tkazishda yordamchilar tayinlash va ularni vazifalari
nimalardan iborat?
5. O'yinga rahbarlik qilishda o'qituvchini (tashkilotchini) vazifalari
nimalardan iborat?
6. O'yin jarayonida intizomlikni tashkil qilishning asosiy omillari
nimalardan iborat?
7. O'yin o'tkazishda harakatli o'yinlarning vazifalari nimalardan iborat?
8. O'yin natijalarini yakunlashda o'qituvchini (o'yin tashkilotchisining)
vazifalari nimalardan iborat?
9.Harakatli o'yinlarni tashkillash va o'tkazishning o'ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
10. Harakatli o'yinlarni tashkillash va o'tkazishga qo'yilgan yangi
pedagogik texnologiyalar mazmuni qanday bo'lishi kerak?
32
III-MAVZU. BASKETBOL O`YININING KELIB ChIQIShI,
QOIDALARI VA RIVOJLANIShI TARIXI
3.1 O‘yinning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi.
1.Basketbolga o`xshab ketadigan o`yin to`g`risidagi dastlabki
ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi INKlar
qabilasiga mansub bo`lgan hududlar «POK-to-POK» deb atalgan o`yinni
qiziqib o`ynashgan. Ushbu o`yinning butun mohiyati o`yinchilarning
to`pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo`lgan. To`p o`rnida kauchukdan
tayyorlangan shardan foydalanishib, uni yerga nisbatan perpendikulyar
baland joyda osilgan halqaga tashlashgan.Oradan ancha vaqtlar o`tib,
eramizning XVI asriga kelganda, meksikalik «basketbolchilar» bu
o`yinni takomillashtirdilar. O`yin ijodkorlari zilday kauchuk sharni
devorga osilgan tosh halqa orqali o`tkazishga harakat qilishgan.
1603 yilda BRYUIS tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga
o`xshagan o`yin aks yettirilgan: VETning «Sport yensiklopediyasi»
(1818-y) degan kitobida esa Floridada odamlar qiziqib o`ynaydigan
o`yin bayon etilgan: kimki savatga ko`proq to`p tushirsa, o`sha g’olib
bo‘lgan hisoblanadi. Savat esa baland joyga osib qo`yilgan. Ancha
keyinroq basketbolning hozirgi zamon ko`rinishini eslatadigan to`p
bilan o`ynaydigan o`yin turi paydo bo`lgan. Spartada shunga o`xshagan
«spiskirus», qadimgi Rimda «Xerpastum», Italiyada «Halqaga tushirish»
deb ataluvchi o`yinlar bunga misol bo`la oladi. Hozirgi zamon basketbol
o`yini 1891-yilning dekabr oyida AQShning Massachusets shtatidagi
Springfild trenirovka maktabining (keyinchalik maktab kollejga
aylantirilgan) jismoniy tarbiya o`qituvchisi Jeyms Neysmit tamonidan
kashf etilgan. U o`yinni shunday ta’riflab bergan: «Basketbolni o`ynash
oson, lekin yaxshi o`ynash qiyin». Yangi o`yin o`zining serharakatligi
bilan o`yinchilarda shunchalik qiziqish uyg`otadi, deb Neysmit xayoliga
ham
keltirmas
edi.
Hozirgi
kunlarda
esa
basketbol
bilan
shug`ullanadiganlar soni millionlarcha. Neysmit tomonidan yaratilgan
o`yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan, 13 ta asosiy
qoidadan iborat edi. O`sha o`yinning dastlabki qoidalari 1892-yil 15-
yanvarda matbuotda bosilib chiqdi. Neysmit yangi o`yin uchun futbol
to`pini tanladi, chunki bu to`pni qo`l bilan ilib olish oson bo`lib, uni
yashirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda yuqoriga otilishi unga
ma’qul tushgan. Neysmit gimnastika zalidagi tomoshaxonaga savat
osgan. Tomoshaxonaning balandligi 3 metr 5 sm bo`lgan va hozirgi
paytgacha saqlanib kelmoqda. Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari
33
1894-yilda AQShda e’lon qilingan edi. 1895-yildan boshlab AQShda
basketbol bo`yicha rasmiy musobaqalar o`tkazila boshlandi. 1896-yildan
boshlab to`pni yerga urib yurishga ruxsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari-Yaponiya,
Xitoy, Filippinga, undan so`ng Yevropa mamlakatlari-Chexoslovakiya,
Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat, Janubiy
Amerikaning ayrim mamlakatlariga tarqaldi.
Basketbol o`yinining tarixida buyuk voqea bo`lib 1932-yilning 18-
iyun kuni hisoblanadi,shu kuni Xalqaro basketbol Federasiyasi (XBF-
FIBA) tashkil topadi. Sakkiz milliy federasiyalarning vakillari-
Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsariya
va Chexoslovakiya birinchi xalqaro anjumanda qatnashib, bir ovozdan
xalqaro basketbol federatsiyasini tashkil qilinishini va muqobillashgan
qoidalarining qabul qilinishini qo`llab-quvvatlashadi. FIBAning ustavi
1932-yilda Rim shahrida qabul qilingan edi. Unga har yilda bir marta
o`tkaziladigan Federatsiya kongreslarida tegishli o`zgartirishlar kiritib
turiladi. FIBAning bosh organi – kongress bo`lib, u har 4 yilda bir marta
chaqiriladi. Kongresslar o`rtasidagi davrda kongress vakolatlariga ega
bo`lgan markaziy byuro uning rahbar organi hisoblanadi. U ikki yilda
bir marta o`z majlislariga-sessiyasiga to`planib turadi. Markaziy byuro
sessiyalari o`rtasida uning vazifasini 7 kishidan iborat ijroiya
komissiyasi bajarib turadi. Ma’lumki, olimpiada o`yinlari kabisa
yillarida o`tkaziladi. Bu yillar orasida FIBA rahnamoligi ostida 4 yil
maboynida – jahon chempionatlari (juft yillarda) hamda qit’alar
birinchiliklari (toq yillarda) o`tkazib turiladi.
FIBAning rahnamoligida o`tkazilgan birinchi yirik musobaqa-bu
birinchi Yevropa chempionati hisoblanadi.
1935-yilda Jenevada erkaklar jamoalari o`rtasida birinchi Yevropa
chempionati bo`lib o`tdi. Bunda Boltiqbo`yi mamlakatlarining jamoalari
ustun keladilar. Yevropa chempioni unvoniga Latviya terma jamoasi
birinchi bo`lib sazovor bo`ldi. 1936-yilda basketbol birinchi marta
olimpiada o`yinlari dasturiga kiritildi. Berlinda bo`lib o`tgan XI
Olimpiada o`yinlarining basketbol turnirida 21 mamlakatning erkaklar
jamoalari qatnashdi.
Ayollar o`rtasida birinchi Yevropa chempionati 1938-yilda Rimda
bo`lib o`tdi. Bunda Italiya milliy jamoasi g`alaba qozondi.
1950-yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo`lib o`tdi.
Bunda mezbonlar birinchi o`rinni egallashdi. Ayollar jamoalari uchun
birinchi dunyo chempionati 1953-yilda Chilida o`tkazildi va AQSh
|