O‘YINNI DASTLABKI TAHLILI
Rahbar o‘yinni bolalar yoshiga mo‘ljallab o‘yinni barcha jarayonini
dastlab o‘ylab ko‘ra bilishi shart, chunki uni qanday momentlarda ortiq
qiziqib ketishi, o‘ynovchilarning nojo‘ya qilgan hulqlari, ularni
qiziqishlarini pasayib ketishlarini kelib chiqarishi mumkin, bunday
yoqmaydigan holatlarni oldini olish uchun, avvaldan o‘ylab ko‘rish
kerak.
Bolalarni yaxshi ko‘radigan rahbar o‘ynovchilar o‘rtasidan kimni
kapitan, birinchi o‘yinboshini, qamroq uyushgan bolalarga qanday rolni
berishni, bo‘sh va passiv o‘yinchilarni qanday qilib o‘yinga jalb qilishni
oldindan o‘ylab ko‘rishi shart.
Ayrim
o‘yinchilarni o‘tkazish uchun u oldindan o‘yin
qatnashchilaridan yordamchilarni belgilab qo‘yadi, ularni vazifasini
aniqlaydi va agarda kerak bo‘lsa ularga tayyorlanish uchun imkoniyat
beradi (masalan, joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlarda). Yordamchilar
oldindan o‘yin qoidalari va uni o‘tkazish joylari bilan tanishadilar.
Eng muhimi, jamoada jamoaga qiziqish uyg’otish, o‘zlarini shaxsiy
qobiliyatlarini namoyon qilishga, o‘yinda o‘rtoqlarini yurish-turish
qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib olishi tashkilotchilik qobiliyatlarining
singdirish, bolalar ijodini rivojlantirishga, o‘yin jarayonidagi vaziyatni
to‘g’ri bo‘lishiga va baholashga yordam beradi.
26
2.2 HARAKATLI O‘YINLARNI TANLAB OLISH TASHKIL
QILISH VA O‘TKAZISH QOIDALARI.
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda tarbiyachining bolalarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Bola 7 yoshga yetib maktabga qadam ko‘yganida uning
tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur, Diogonal, sakrash usullariga
jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o‘rgatish lozim.
Faqat shundan so`ng sakrash o`yinlarga o`tilsa bo`ladi, chunki bu
kabi o`yinlar tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va
malakalarni hosil qilish mumkin. Bundan tashkari, shu kabi harakatli
o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni ham
rivojlantiradi.
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va
qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik tasiri
jihatlarini bilishi kerak.
Yana shuni unutmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat
harakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida
bolalar ro`hyatida bir – biriga yordamlashish, qo`llab -quvvatlash
hissiyotlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun «qoch bolam, sor keldi»,
«Pir-r etdi», «Ikki yaxob», «Mushuk keldi» va boshqa o`yindan
foydalana boshladi.
Maktabgacha tayyorlab guruhlari bo`yicha yoshdagi bolalarga
harakatali o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish
zarur. Bu yoshdagi bolalarni o`yinlardagi bo`ri, qo`zi, sichqon, mushuk
qiyofasi surati nimalar qilishi qiziqtirmaydi aksincha ularning xatti –
harakati masalan mushukning chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab
olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar murakkablashib boradi.
Masalan: «Bo`rilar zovurda», o`yinda bolalar yugurib kelib to`xtab
qolishi sichqonga sakrab, chaqqonlik bilan bo`rilarga tutqich bermasdan
zovurdan o`tib ketishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek ikki
tomon bo`lib o`ynash, qarama qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq
qiziqarli masalan «ikki yaxob» o`yinida bir tomon «yaxoblardir»
bolalarni «yaxlatib» qo`yishga intiladi va boshqa tomon «yaxlatilib»
qolishdan qochish harakat qiladi.
27
Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushtirgan holatda
o`tkazish oson emas. O`yin estafetani o`tkazish bir qaraganda oson
tuyuladi va boshqa bolalar o`yinlarni kuzitish natijasi shularni
ko`rsatadiki bunaqangi o`yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha
bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikni buzilishiga sabrsizlik
betoqatlik xunob bo`lishlik bir – birini turtish asabiylikka olib kelishi
mumkin.
O`yinda yutqazgan hamda g`olib chiqqan komanda bolalarni o`yin
tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini e'tiborga
olib guruhlarni ikki jamoaga emas balki 4-5 guruhlarga ajratib olish
zarur. Bu guruhlar ketma –ket holatda turmay bir birini yaxshi ko`rib
turishi uchun o`tirib olishi ham mumkin. Chunki navbati bilan startga
chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir –birini
kuzatadi, Har bir guruhdan bitta ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda aniq
nishonga olishda mahoratini ko`rsatadi. G`olib chiqqan o`yinchi o`z
jamoasiga ochko keltiradi. O`yin tugagandan so`ng to`plagan ochko
hisoblanib ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa g`olib deb
topiladi.
O`yinni tashkil etishda barcha shart -sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa
uning tarbiyaviy ahamiyati oshib boradi. Buning uchun o`yin paytida
bo`ladigan chiziqlar, chegaralar, masofalar, kerakli o`yin predmetlari,
koptok, bayroqcha kabilar taqsimlab berilishi lozim. Keyinchalik
bolalarni esa o`z-o`ziga xizmat qilishga odatlanish kerak. Ko`pincha
tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkisiga navbatchi
sifatida topshiriq berib o`rgatadi. Shunda har safar navbatchi
almashtirilib turiladi.
Tarbiyachi o`yin o`tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni
o`ylab ko`rishi kerak tushuntirish juda qisqa, aniq, lo‘nda bo`lishi kerak.
O`yin mazmuni qoidalarni tushuntirishda mayda gaplardan holi
bo`lishi kerak zarur. Undan keyin o`yinchilardan kim qaysi yerda aytib
o`tishi kerak.
Bolalarga tanish o`yinni o`tkazishda har gal to`liq tushuntirish shart
emas, ammo o`yin qoidasini tarbiyachining o`zi ta'kidlab o`tishi zarur.
28
O`yin qoidasini bajarishda tez-tez xatoga yo`l qo`ygan bolani ko`rsatib
o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`yin o`tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo`lib
qolmasligi kerak. O`yinni shunday o`tkazish kerakki bolalar undan
quvonib, qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o`rganib olishsin.
Tarbiyachi o`yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga
e'tibor berib rahbarlik qilish kerak.
Ba'zi tarbiyachilar ayrim qoidabuzarlarga e'tibor bermaydilar. Faqat
belgilangan paytdagina xushtak chalinishi kerak, tarbiyachi ko`rinib
turgan holatlarni unutmaslik kerak. Ya'ni bu holatlarni ko`rsatish
bolalarda irodani, tartibni tarbiyalaydi, ularni ortiqcha xatti-
harakatalaradan saqlaydi, bardoshli va intizomli bo`lishlik muhim sifatni
yuzaga keltiradi.
O‘yin jarayonida bolalarni darhol to‘xtashga ham o‘rgatish zarur.
Shunday umumiy qoidaga o‘rganish lozimki, hohlagan o‘yin paytida
belgi
yoki
hushtakka
bolalar
tezda
to‘xtab
qolsin.
(Chapak, yoki so‘ziga).
Shundan
so‘ng
tarbiyachining
gapiga,
tushuntirishga qa’tiyan rioya qilish kerak. Lekin o‘yinni ko‘p
to‘xtatmaslik kerak, chunki o‘yinda bolalar hayajonda bo‘lishini
unutmaslik lozim. Tarbiyachi o‘yinni o‘tkazish chegaralariga ham diqqat
qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda ma’sulyatli payt, chunki o‘yinning zavq
bilan vaqtga kam e’tibor beriladi.
Masalan: gimnastika mashqlariga qaraganda, o‘yin vaqtini belgilash
murakkab bo‘ladi.Bolalardan - deb so‘rash mumkin emas, zavqlanib,
qiziqib o‘ynayotgan bolalarga bu ta’sir qilishi mumkin.
Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko‘rinishiga
(tez-tez nafas olishi, yuzining qizarib ketishi) hulqiga ( tez-tez qoida
buzishlar, qo‘pollik, lanjlik) e’tibor berishi va o‘z vaqtida o‘yinni
to‘xtatishi lozim.O‘yin har xil tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni
o‘yinning o‘zigina emas, balki natijasi ham qiziqtiradi. Shu bois har bir
o‘tkazilgan o‘yindan keyin uning natijasini tahlil qilish lozim. O‘yinda
qaysi bir o‘quvchi chaqqonlik, epchillik mahoratini ko‘rsatgani,
do‘stona qo‘llab o‘ynagani qoidaga rioya qilmaganligi to‘g’risida aytib
o‘tish lozim. Har bir o‘yin natijasini tarbiyachi o‘ziga xos ravishda
tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berish kerak.
|