Sport va harakatli


O‘YINNI O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
O‘YINNI O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH
O‘yinni tanlash eng avvalo dars oldiga qo‘yilgan vazifaga bog’liq 
bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarni yosh xususiyatlarini, 
ularni rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarni sonini va o‘yinni 
o‘tkazish sharoitini hisobga oladi. 
Harakatli o‘yinlarda 3 dan to 300 tagachan kishi qatnashishi 
mumkin. Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-tez 3-
10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. 
Ular odatda bolalar bilan mustaqil ravishda hovlilarda, maydonchalarda, 
shuningdek har xil yig’ilishlarda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi
yetakchilar 
rahbarligida 
tashkil etilgan mashg’ulotlar (darsda, 
yig’ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mashg’ulotlarda, 
sport maktabida) 20-40 ta harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Katta 
bayramlarda kechalarda va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayllarda 
100-300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljalangan ommaviy harakatli 
o‘yinlardan foydalanish mumkin. 
Ochiq havoda o‘yinni o‘tkazishda ob-havo sharoitini (ayniqsa 
qishda) hisobga olish zarur. Agarda havo harorati past bo‘lsa bunday 
paytda barcha o‘yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak. O‘yinda 
ko‘p turib qolish va o‘zini navbatini ko‘p kutib qolish holatlaridan 
qochib qutilish kerak. Kunni issiq paytlarida eng yaxshisi kam 
harakatchan 
o‘yinlardan foydalanilgani ma’qul, chunki o‘yin 
qatnashchilari o‘yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.


24 
Bolalarni katta sportga bo‘lgan katta qiziqishi bilan bog’liq juda 
ko‘p o‘yinlar sport o‘yinlari va boshqa sport turlari elementlari bilan 
yaratilgan. Bu kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilari qo‘lidan keladigan 
ular uchun turli-tuman sport turlariga ishtirok qiladigan shaklda ishtirok 
etishga ruxsat beradi: basketbolda (“To‘p uchun kurash”, “To‘p 
kapitanga”, 
“To‘rt 
tomonga 
to‘p 
uzatish”), 
voleybolda 
(“Voleybolchilarni to‘p uzatishi”, “To‘pni uzatdingmi o‘tir”).
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy harakatli o‘yinlarni 
kengroq ommalatirish zarur. Bu esa har xil millat bolalari o‘rtasida 
do‘stlikni, har xil xalqlarni turmush hayoti va madaniyati ularni o‘ziga 
xos xususiyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin