18
II-MAVZU. HARAKATLI O‘YINLARNI TANLASH,
TAHLIL QILISH, TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH
2.1 HARAKATLI O‘YINLARNI TASHKIL QILISH
Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishda g’oyaviylik,
ilmiylik va o‘yindan foydalanish rejaga asoslanganligini, tarbiyaviy,
ta’limiy va sog’lomlashtirish natijalariga yo‘naltirilganligi hisobga olish
zarur. O‘yinni o‘tkazishda rahbarlik yoki yo‘l ko‘rsatuvchi roli
pedagogika,
tarbiyachi, yordamchilarga tegishli bo‘lishi kerak. O‘yin
tarbiyaviy, ta’limiy va sog’lomlashtirishni katta ahamiyatga ko‘proq uni
boshqarishga bog’liq bo‘ladi. Bitta va shunga o‘xshash o‘yinlar
yordamida turli-tuman ahloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash
mumkin.
Birinchidan shug’ullanuvchilarga o‘yini ta’sir etishini aniqlanadi
(mazmuni,
harakatlanishi, o‘yin qoidasi), ikkinchidan metodik usullari
bilan bola uni yordami bilan o‘yinlarni egallaydi,
uchinchidan, tashkil
etish uslublari.
O‘yini mazmuni bolalar uyda, maktabda, bolalar bog’chasida bilim
va malakalarini egallashi, atrofni o‘rab turgan muhitga bog’liqdir.
Shuning uchun har xil yoshdagi bolalarda o‘yinda har xil o‘yin
mazmuniga ko‘ra, xudi shunday uni o‘tkazish usuli bo‘yicha
turlicha
rivojlanadi. Bolani jismoniy rivojlanishi o‘yin yordamida hohlagan
yo‘nalishda va boshqa jismoniy mashqlarni turlari mumkin qadar faqat
maqsadga yo‘naltirilgan holda va doimo pedagogik rahbarlik qilinganda
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: