Sport va harakatli


 HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK TA`RIFI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

1.5 HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK TA`RIFI 
 
Harakatli 
o‘yinlar pedagogik ta`rifining funksional asosi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.Bolalarni o‘ziga xos o‘yin faoliyatida yoshiga qarab rivojlanishi, 
tarbiyalash va o‘rgatishning turli bosqichlarida uni umumiy va alohida 
aniqlashga yordam berish; 
2. Bolalarning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga o‘qituvchi 
tomonidan harakatli o‘yinlarning ahamiyatini ochib berish; aynan 
harakatli o‘yinlarni pedagogik ta`rifini maktab yoshidagi bolalarning 
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotining alohida savollarini 
o‘rganishda muhim mezon hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ushbu 
pedagogik ta`rif ma`lumotlari o‘quvchilar bilan shug‘ullanish va 
bolalarni harakatli o‘yinlarda tashabbuskorligini to‘g‘ri tanqidiy 
baholash uchun muhim bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
O‘yinlarning harakat mazmuni turlicha ko‘rinishga ega. Uni 
organizmning funktsiyasiga va sistemalariga har tomonlama ta`sir etishi, 
shug‘ullanuvchilarning chiniqtirish va salomatligini mustahkamlash, 
jismoniy rivojlanish uchun esa o‘yindan ochiq havoda foydalanish kabi 
zarur holatlar barchaga barobar imkon tug‘diradi.
O‘yinda harakatlanishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
gigiyenik nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga molik. 
Harakatli o‘yinlar hayot uchun muhim bo‘lgan sifat va samara 
malakalarini mustahkamlaydi hamda bola organizmining kompleks 
rivojlanishi 
uchun 
alohida 
imkoniyatlar 
yaratib 
beradi. 
Qatnashchilarning o‘yinchilarni mustaqil ravishda tashabbuskorligiga 
nisbatan va o‘yin holatidagi o‘zgarishlar sharoitiga ko‘ra o‘ziga xos 
bog‘lam va vositalar bilan birga qo‘shib olib borish harakatlari bir 
vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi.
Bir qarashda harakatli o‘yin ishtirokchilarning umumiy jismoniy 
tayyorgarligini namoyon etuvchi vosita bo‘lishi mumkin. Ma`lumki, 
o‘yin sharoitining o‘zgaruvchanligi, unda g‘alaba uchun kurashishda 
turli sharoitning to‘satdan yuzaga kelishi, to‘g‘ri harakat va qarorni talab 


14 
qilish o‘yin qatnashchilarining muhim imkoniyati hisoblanadi. Harakat 
ishtirokchilarning malakalarini turli bog‘lanishda va birga qo‘shib olib 
borishda qo‘llashga yo‘naltiradi. Shunday qilib, nazarda tutilgan harakat 
malakalarini istiqbolda takomillashtirish, ma`lumot olish va ko‘proq 
o‘yin harakatida murakkab usullarni mustahkamlash uchun ushbu 
o‘yindagi to‘siqni, qiyinchiliklarni yengib o‘tish ishtirokchilar uchun 
navbatdagi me`yoriy vazifalarni belgilaydi: Imkoniyat yaratib beriladi. 
Harakatli o‘yin ongli faoliyat hisoblanadi. O‘yinlar bilan 
shug‘ullanish, o‘yin qatnashchilarining yangilarini his qilish, tasavvur 
etishlari bilan bir paytda ularning tushunchasini boyitadi. Shu bilan birga 
harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. O‘z navbatida 
har kungi amaliy faoliyatida ahamiyatga ega, shuningdek gimnastika, 
sport va turizmda ham. 
Harakatning, tarkibi (mavzu, mazmuni) harakatli o‘yinning g‘oyasi 
shuning uchun muhimki, unda ishtirokchilarga hayotda amalga 
oshadigan holatlar uchun maksimal harakat shakli haqida to‘g‘ri 
tushuncha bilan jamiyatda mavjud bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tushunishga yoki bilishga yordam beradi.
O‘yinda turgan joyini aniqlash elementlari bilan va yurish xatidagi 
malakalarni qo‘llash, umumta`lim xarakteridagi ayrim bilimlarni 
amaliyotda mustahkamlashga imkon beradi (matematika, geografiya, 
tabiatshunoslik va boshqa fanlar). 
Shunday qilib, harakatli o‘yinlar shug‘ullanuvchilarning aqliy 
rivojlanishiga ta`sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq bunday ta`sir etishni 
haddan tashqari baholash mumkin emas. Modomiki eng avvalo barcha 
harakatli o‘yinlar o‘zining xususiyatiga ko‘ra shaxsan jismoniy tarbiya 
vazifani hal yetishga yo‘naltiriladi.
Ma`naviy va ma`rifiy g‘oyalarning yo‘naltirilishini ta`minlash 
sharoitida 
jamoa 
bo‘lib 
o‘ynaladigan 
harakatli 
o‘yinlar 
shug‘ullanuvchilarning ahloq sifatlarini va xarakterining ijobiy 
tomonlarini shakllantirishga yordam beriishi mumkin. 
Harakatli o‘yinlarning mazmunan o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lishi uni jonli va qiziqarli o‘tkazishga imkon beradi. Masalan, 
o‘yinga diqqat e`tiborni jalb qilishdagi katta ahamiyati. O‘yin 
qatnashchilari tomonidan unga qiziqishning uyg‘otilishi maqsadga 
erishishdagi 
eng 
yaxshi 
yo‘l 
hisoblanadi. 
Mazkur 
jarayon 
murakkablashadigan bo‘lsa, hatto o‘yin jarayonida ham yengish zarur. 
Shularni hisobga olinishi kerakki, agar o‘yinda natijaga yengilgina 
erishilsa, bunday harakatli o‘yin qatnashchilarning uzoq vaqt 


15 
qiziqqanligini ko‘rsatmaydi. Hatto natijaga erishish mumkinligi ayon 
bo‘lsada, bu muayyan ma`lum darajadagi kuchni talab qiladiki, oqibatda 
vazifani ijobiy hal yetish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga o‘xshash harakatli 
o‘yinlar qiziqarli va o‘ziga jalb qila oladi. O‘yinning qiziqarli mazmuni 
o‘yin qatnashchilarini mehnat qilishga undashi mumkin. Chunki ular u 
yoki bu usullarni bo‘shashtirmasdan faol takror-takror bajarishlari 
asnosida bardoshini va jismoniy qobiliyatini amalda namoyon qiladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinni musobaqalashishga oid 
xarakteri shuningdek maqsadga erishish uchun ma`lum kuchni 
sarflashda, qat`iyatlilik, mardlik, sabot-matonat ko‘rsatishni namoyon 
qilishda 
ishtirokchilarni 
faollikka 
qiziqtirishi 
mumkin. 
O‘yin 
harakatining musobaqalashishga oid xarakteri raqib tomonlarni ajratib 
yubormasligi kerak. Bu juda muhim. Chunki bellashuvning keskinligi 
ularni bir-biriga yanada jipslashtiradi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan harakatli har bir qatnashuchi umumiy 
ustunligiga aniq ishonch hosil qiladi. O‘zaro tushunish bilan harakat 
qilish esa, umumiy maqsadga erishishda va to‘siqlardan oshib o‘tishga 
yo‘naltirilgan. 
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarda, ixtiyoriy ravishda 
harakat qoidalar bilan chegaralanish ayni vaqtda o‘yinga qiziqishning 
ortishiga shug‘ullanuvchilarda ongli intizomni tarbiyalashga yordam 
byeradi. 
O‘yin qoidalari qatnashchilarining har xil o‘rnini aniqlaydi. Har bir 
ishtirokchi vazifasini bajarishda jamoada o‘ynaydigan o‘rtoqlarini 
vazifasi bilan odatda mustahkam o‘zaro aloqada bo‘ladi. O‘yin 
qatnashchilari o‘rtasida o‘yin vazifasining to‘g‘ri taqsimlanishi (kuchini, 
qobiliyaitni, har birining qiziqishi) ularni bir-birlari bilan birgalikda faol 
harakat qilishda o‘zaro hurmat qilishga undaydi. O‘zlarining amaliy 
harakatlariga javobgarlikni his qilishga o‘rganadilar, o‘rtoqlariga 
yordam berishga odatlandilar. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli 
o‘yinlarda u yoki bu balki o‘yin qatnashchisi o‘zining vazifasini qanday 
bajarishdan qatiy nazar, u maqtovga sazovor bo‘lishi mumkin yoki 
teskarisi, o‘rtoqlaridan tanbeh olishi mumkin. 
Turgan gapki, jamoadagi o‘z tengqurlarining fikri alohida 
o‘yinchilarning tarbiyasiga kuchli ta`sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, 
harakatli o‘yinlar o‘qituvchining rahbarligida jamoa orqali jamoada 
bolalarni tarbiyalashda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Jamoa 
bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar o‘rtoqlik, o‘z harakatiga jiddiy 
munosabatda bo‘lish va o‘yindagi boshqa ilg‘or o‘yinchilarning 


16 
harakatlariga odatlanish hissini rivojlantiradi.
Halol, qo‘pol harakat qilmasdan o‘ynaladigan o‘yin ayrim 
o‘yinchilar va komandalarning erishgan yutuqlariga ijobiy baho berish, 
o‘yinchilar yurish-turishining oddiyligi, musobaqalashishining kuchliligi 
yoki ta`sirchanligi sportga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalaydi. Komandani 
sportning obro‘sini hurmat qilishga o‘rgatadi.
O‘yinchilarda ko‘rishni bilishga va chiroyli, epchil, aniq, tez 
maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni baholashga ko‘nikma hosil qiladi. 
Kelishilgan holda ahil harakat qilish o‘yinchilarni estetik tarbiyalashga 
yordam beradi.
Harakatli 
o‘yinlar bilan shug‘ullanish harakatning o‘zaro 
kelishishini va o‘zaro mosligini takomillashtirishga hamda ko‘nikma 
hosil qilishga yordam beradi; ishlash ritmini va to‘xtovsiz yoki tez 
kerakli me`yorda kirishga bilishni vujudga keltiradi; turli-tuman harakat 
vazifalarini epchil va tez, ko‘proq maqsadga yo‘naltirilgan holda 
bajarish (ayrim hollarda to‘satdan paydo bo‘ladigan), zarur bo‘lganda 
zo‘r berish qa`tiyatlilikni talab qilganda namoyon bo‘ladi.
1. Jismoniy mashqlar bilan dars shaklida shug‘ullanilayotganda 
harakatli 
o‘yinlarni darsning tarkibiy qismiga kiritiladi va 
shug‘ullanuvchilarning erishilgan yutuqlarini tekshirishda amaliy 
jihatdan o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari o‘yinlar 
darsning mazmunini to‘liq tashkil qilishi ham mumkin (masalan, kichik 
maktab yoshidagi sinflarda harakatli o‘yinlar to‘liq dars shaklida ham 
tashkil qilinishi mumkin; maxsus jismoniy tarbiya oliy o‘quv yurtlarida 
o‘yinlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi). 
2. Harakatli o‘yinlar mashg‘uloti darsdan tashqari shakllari tarkibiy 
qismiga ham kirishi mumkin (masalan, bayramlarda, sayrlarda, 
ekskursiyaga chiqqanda). 
3. Harakatli o‘yinlarining mustaqil ravishda tashkil qilish shakllarini 
ham namoyish qilish mumkin (o‘yin qatnashchilarining tarkibiy qismi 
muqobil bo‘lmagan shaxsiy va jamoa o‘yinlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari, 
harakatli o‘yin bo‘yicha komanda musobaqalari; turar joylarida, 
mahallalarida, oromgohlarda, sport va turistik me`yorlarda; bolalar dam 
olish oromgohlarida, bayramlarga, har xil sanalarga, ertalabki 
gimnastika mashqlari o‘rnida 4-5 ta o‘yin o‘tkazishlari mumkin). 



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin