1.2 MILLIY HARAKATLI O`YINLARNING MILLIY QADRIYATLARIMIZDAGI O`RNI. «Harakatli o`yinlar» tushunchasi o`ziga ko`pgina har xil folklorli
o`yin shaklini qamrab olib, shulardan qaysisi nihoyatda bolalarni har
tomonlama rivojlantirishiga jismoniy psixologik va aqliy o`sishga
yordam beradi. Harakatli xalq o`yinlarning bir turidan iborat bo`lib
asosiy mazmuni ko`proq harakat faoliyatining samaradorligini
oshirishga yo`naltirilgan.
Eng qadimiy, boshlanish davridagi harakatli o`yinlar faqat
mehnatga hamda uy ro`zg`or ishlariga xos narsalarni aks ettirgan xolos.
Keyinchalik bu tushunchalar anchagina kengaytirilib, unga keng
miqyosda mazmuni boyitib berila boshladi.
Boshlang`ich davrida harakatli o`yinlarning oyoqqa turish
holatlariga ega bo`lib, ular ko`proq taqlid qilish hamda ko`proq bilgan
narsalarni yig`indisi va ovga chiqish kabilardan (odamlarning eng
qadimiy faoliyatlarini shakli sifatida) iborat bo`lgan. Shuning uchun
ham ko`pgina xalqlar harakatli o`yinlarning mazmuni tomonlar qushlar,
hayvonot olami bilan bog`liq («G`ozlar va oq qushlar», «Bo`ri va
cho`pon», «Tulki va tovuqlar» rus xalqi o`yinlariga taalluqli:
«Cho`pon», «Oq terakmi, ko`k terak», «Chavandoz», «Qirqtosh»,
«Mushuk va sichqonlar» va h.k.o‘zbek o`yinlariga xos).
Mehnatga taqlid qilish harakatli o`yinlari, ko`rinishi bo`yicha, juda
erta jismoniy tarbiya vositasi kabi obyektiv hayotiy manba sifatida
qo`llana boshlanganligi aniq. Binobarin, jamiyatni rivojlantirish bilan
o`ziga xos va mos talablar paydo bo`la boshladi, ya’ni harakatli
o`yinlarni boshqacha shakllariga o`tkazish hayajonliroq Yana ham
9 jonliroq o`tkazilishi to`g`ri keldi.
1.3 HARAKATLI O`YINLARNI TARBIYAVIY,