Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

4.2. HUJUM TEXNIKASI 
 
Hujumda qo`llaniladigan texnik usullarga-to`pni ilish va uzatish, uni 
yerga urib olib yurish, savatga otishlar, chalg`itishlar kiradi. Ular 


43 
maydonda harakat qilish, to`xtashlar va burilishlar kabi usullar bilan 
birgalikda bajariladi. Hamma usullarni bajarish eng qulay va mustahkam 
dastlabki holat – turish holatidan boshlanadi. Turish holatini egallash 
uchun basketbolchi oyoqlarini yelka kengligida bir – biriga yonma-yon 
qilib, bir chiziqda yoki bir oyog`ini oldinga chiqargan holda yerga 
qo`yishi lozim. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz oldinga egilgan
uning og`irligi oyoqlarga barobar taqsimlangan, qo`llar to`pni ilish va 
ushlab turish uchun qulay holda ko`krak oldida bukilgan bo`lishi kerak. 
To`p keng yoyilgan barmoqlar bilan kaftlarga to`liq tekkizilmagan holda 
tutib turiladi. 
2.1.Basketbolchi yurish, sakrash, to`xtash va burilish yordamida 
maydonda harakat qiladi. 
Bu guruh usullari oyoqlarning to`g`ri ishlashiga asoslanadi. 
Basketbolchilarning 
maydonda 
qilayotgan 
harakati 
har 
doim 
bajarayotgan ishiga qarab o`zgarib turadi. Basketbolchi qadamlab
yugurib, sakrab-sakrab, to`g`ri, qiyalab, yoysimon, ilon izi chiziqlar 
bo`ylab harakat qiladi. 
Yurish o`yin davomida boshqa usullarga nisbatan kam qo`llaniladi. 
Bu usul, asosan, turish holatini o`zgartirish maqsadida ishlatiladi. 
Basketbolchi maydonda tizzalari biroz bukilgan holda harakat qiladi. 
Yugurish maydonda harakat qilishnig asosiy usuli hisoblanadi. Bu 
usul og`irlikni oyoqning butun kaftiga qo`yib yoki uni tovondan oyoq 
uchiga o`tkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha ko`proq egib, 
yumshoq qadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin 
yugurishlarni bajarish uchun qisqa qadamlar bilan oyoq uchida 
yuguriladi. 



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin