45
to`xtashda basketbolchi yugurish maromini
buzmasdan oxirgi qadami
tovondan, kattaroq qilib qo`yadi; so`ng tayanch oyog`ini ko`proq bukadi
va ikkinchi oyog`ini oldinga qo`yib, harakatini to`xtatadi va gavdani
tayanch oyog`ining ustida tutib turadi.
B u r i l i sh l a r oldinga va orqaga burilishlarga ajratiladi. Ular
orqada yoki oldinda joylashgan oyoqda, bir joyda turgan holda va
harakatda, to`p bilan va to`psiz bajariladi.
2.2. To`p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik
harakatni: to`pni ilib olish, uzatish, olib yurish va to`pni savatga
otishni o`z ichiga oladi.
T o` p n i i l i b o l i sh. To`pni ilib olish – bu usul yordamida
o`yinchi ishonarli ravishda to`pni yegallab olish va u bilan keyingi
hujum harakatlariga kirishishi mumkin. To`pni ilib olishni bir qancha
usullari mavjud: o`rtacha balandlikda kelayotgan to`pni ikki qo`llab
ilish, yuqoridan uzatilgan to`pni sakrab ilish, pastlashib kelayotgan
to`pni ilish, maydondan sapchigan to`pni ilish, dumalab kelayotgan
to`pni harakatda ilish, bir qo`llab to`pni ilishlar.
T o` p n i u z a t i sh. Uzatish –
bu uchish yordamida hujumni
davom ettirish uchun o`yinchi to`pni sherigiga yo`naltiradigan usuldir.
O`yin davomida uzatishning har xil usullari qo`llaniladi: ko`krakdan ikki
qo`llab to`p uzatish, yuqoridan ikki qo`llab uzatish, yelkadan bir qo`llab
uzatish, yuqoridan bir qo`llab «kryuk» usuli bilan uzatish, pastdan bir
qo`llab uzatish, orqadan bir qo`llab uzatish, pastdan orqaga uzatish,
qo`lning tagidan uzatish, bir qo`llab yelkaning ustidan uzatish.
T o` p o l i b yu r i sh. To`pni bir qo`l bilan ketma- ket yerga
urish to`pni yerga urib yurish deyiladi. To`pni olib yurish - o`yinchiga
to`p bilan maydon bo`ylab xohlagan tezlikda va istalgan yo`nalishda
harakat qilishga imkon beruvchi usuldir. To`pni yyerga har hil:
yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda
basketbolchi maydondan sapchitib qaytayotgan to`pni pastga tushirilgan
va keng yoyilgan barmoqlari bilan tutib oladi. U qo`lini bukib, to`pni
biroz
yuqoriga kuzatadi, so`ng uni yana maydonga ma’lum burchak
bo`yicha keskin itaradi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz
yengashgan, bosh to`g`ri tutilgan bo`lishi kerak.
S a v a t g a t o` p o t i sh l a r. O`yinning yakuniy natijasi
savatga otilgan to`plarning aniqligiga bog`liq. To`p otishni bajarishga
46
tayyolanish jamoa hujumidagi asosiy
mazmunni tashkil yetadi, halqaga
tushirish yesa uning bosh maqsadidir. Ular har xil: yaqin (3 metrgacha),
o`rta (3 metrdan 7 metrgacha) va uzoq (7 metrdan ortiq) masofalardan
bajariladi. Otishlar tavsifi bo`yicha ham har xil bo`ladi: bir joyda turib,
harakatda, sakraganda. To`plarni savatga bir va ikki qo`llab otish
mumkin. Hozirgi kunda to`plar savatga himoyachilarning qattiq
qarshiligi ostida otiladi. Shuning uchun to`pning savatga aniq borishiga
oyoqlarning, qo`llarning, ayniqsa, panjaning to`g`ri ishlashi, aniq
mo`ljalga olish, shu sharoitga
mos samarali usulni tanlash, shu bilan
birga, basketbolchining muvozanat saqlashiga va har xil sharoitda qiyin
muvofiqlashtirilgan harakatlarini bajarish imkoniyatlarini yaratish uchun
ma’lum mushak guruhlarini bo`shashtirish qobiliyatlariga ega bo`lishi
katta ahamiyatga ega. Raqibning harakatlari, to`s – to`polon, hisobdagi
farq, charchash kabi omillar ham basketbolchilarning maydonda aniq
harakat qilishlariga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Savatga to`p otishlar har xil:
bir joyda turib yelkadan bir qo`llab to`p tashlash; harakatda bo`lganda
yelkadan bir qo`llab otish; ikki qadam qo`yib, yelkadan bir qo`llab to`p
tashlash; sakraganda bir qo`llab otish; yuqoridan bir qo`llab («kryuk»
usuli bilan) otish; pastdan bir qo`llab otish; yuqoridan pastga bir qo`llab
otish; yuqoridan ikki qo`llab otish.
Ch a l g` i t i sh l a r. Asosiy maqsadni
bajarishdan avval uni
berkitib,
himoyachining
diqqatini
chalg`itish
uchun
hujumchi
bajaradigan harakatlar chag`itishlar deb ataladi. Ko`pchilik texnik
usullar yoki ularning qo`shilmasi chalg`itish harakati sifatida
qo`llanilishi mumkin. Chalg`itishlar qo`llanayotgan usullarga mos
sur’atda bajarilishi kerak. Bunda muvozanat saqlanib qolinishi shart.
Chalg`itishdan keyingi haqiqiy harakatga nihoyatda tez o`tish lozim.
Chalg`itish harakatlarini bir marta yoki bir necha marta bajarish
mumkin. Chalg`itishlar faqat himoyachilar yaqin joyda turganlaridagina
yaxshi samara beradi. Ular to`psiz va to`p bilan, bir joyda turganda va
harakatda bo`lganda bajarilishi mumkin. Harakat paytida chalg`itishlarni
bajarish qiyinroq hisoblanadi.
Chalg`itishning bir necha turlari mavjud: to`psiz chalg`itishlar
ko`proq qarshiliksiz to`p qabul qilish uchun
himoyachining yaqindan
turib, ta’qib qilishidan qutilish maqsadida qo`llaniladi; to`p bilan
chalg`itishlar uzatishni, otishni yoki to`pni yerga urib yurishni
qarshiliksiz bajarish uchun qo`llaniladi; to`pni uzatish taqlid qilish bilan
chalg`itish zonali himoyaga qarshi hujumda ko`proq qo`llaniladi;
47
savatga otish imitatsiyasi bilan chalg`itish hozirgi kunda ko`proq
tayanchsiz holatda qo`llaniladi; to`pni yerga urib yurishga o`tish taqlid
qilish bilan chalg`itish himoyachining ta’qibidan to`pni yerga urib yurish
bilan qutilish maqsadida qo`llaniladigan asosiy usuldir.
Dostları ilə paylaş: